Autotransplantatsiyani xuddi tish replantatsiya kabi o‘tkaziladi. Biroq autotransplantatsiya
stomatologiya amaliyotida qo‘llanishga ega bo‘la olmadi. Tish allotransplantatsiyasi bir kishidan ikkinchi kishiga tishni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini o‘zida
aks ettiradi. G. E. Dranovskiy (1978) va M.M. Maksudov (1980), bolalarda tish murtaklarini
allotransplantatsiyasini o‘tkazib eksperimenttal va klinik kuzatuvlar asosida bu tishlarning jonlanishi,
rivojlanishi va o‘sib chiqishini aniqladilar. H.I. Xamitova, (1991), ma`lumoti bo‘yicha vital transplantatsiya 90
% hollarda [Xasanov P.A., 1996] musbat natija berdi. Muallif tishni murdadan ya`ni o‘lgandan keyin dastlabki 4
soat ichida va sog`lom donorlardan esa «Bukom» aralashmasida konservatsiya qilingandan keyin qo‘llashni
tavsiya kiladi. Tishni tanlash muhim rol o‘ynaydi. O‘tkazilgandan keyin uning to‘g`ri konservatsiyasi va tushib
ketishini oldini olish muhim ahamiyatga ega. Operatsiya metodikasi replantatsiya va autotransplantatsiya bilan
bir xil o‘tkaziladi. Tish implantatsiyasi allotransplantatsiya yoki eksplantatsiyaga kiradi. Tish olish paytida tish
tezkor implantatsiya nomini oladi. Operatsiya jadal tusda va xozirgi vaqtda keng qo‘llanilmoqda, vaholanki
umum tan olingan implantatsiya tish olingandan 4-6 oy o‘tgach qo‘llaniladi. [Surov O.H., 1993; Mirgazizov
M.Z., 1994; Misch K., 1993; Block M., 1993]. Eksperimental [Parr G. et al., 1994] va morfologik [Barzilay J.
et al., 1990; Nail G. et al., 1990] tekshirishlar va klinik kuzatishlar [Nisnik G., 1982; Virna K., 1991, 1992, va
bosh.] tish olingandan keyin bajarilgan tezkor implantatsiya samaradorligi yuqoriligidan dalolat beradi. Tezkor
implantatsiya ma`lum bir xususiyatga ega bo‘lib, tish olingandan keyin yuzaga keladigan alveolani qisqarishiga
va suyak rezorbtsiyasiga sabab buladi. [Robustova T.G., Fedorov I.A., 1997; Block M., Kent J., 1991]. Tezkor
implantatsiya tish travmasida – tish chiqishlarida va uni to‘g`rilash imkoni bo‘lmaganda, ildizning o‘rta vo
yuqori qismlari singanda, surunkali periodontitda toj kismi sezilarli darajada emirilganda va ildiz yumshagnda,
tishni konservativ davolash effekti bulmaganda, parodontitni II-III darajasida vertikal yunalishda suyak
rezorbtsiyasi kuzatilganda kursatma buladi.Implantatsiyani suyak o‘sishi to‘xtagandan keyin o‘tkazish kerak
ayniqsa 18—20 yoshli patsientlarda [Oesterl L. et al., 1993].
Tezkor implantatsiyani o‘tkir va surunkali periodontit xurujlarida, parodont o‘tkir yallig`lanishlarida,
suyakning sezilarli destruktiv o‘zgarishlarida, shuningdek og`iz bo‘shlig`i sonatsiya qilinmaganda o‘tkazish
uchun ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi.