1. Bemor 45 yoshda. Pastki jag` uchun echiladigan protez tayyorlangan. Ovqatlanish vaqtida kuchayadigan 6
tish sohasidagi og`riqlarga va yara mavjudligiga shikoyat qiladi. Ko‘rikda: 6-7 tishlar sohasida vestibulyar
yuzada g`adir-budurlik mavjud, shilliq qavat giperemiyalangan. Palpatsiya og`riqli.
1) Tashhis qo‘ying
2) Qo‘shimcha tekshirish usullari
3) Davolash rejasini tuzing
Javob: 1. 67 tish sohasida pastki jag` ekzostozi
2. Rentgenografiya
3. 67 tish sohasida pastki jag` ekzostozini olish
2. Bemor 36 yoshda. 20 yil davomida yuqori jag`da protez taqadi. Protez fiksatsiyasi yomon. Ko‘rikda: o‘tish
burmasi sohasida og`iz bo‘shlig`ining kichik dahlizi, toj ustida ―osilgan‖ shilliq qavat, palpatsiyada alveolyar
o‘siqning vestibulyar yuzasida o‘tkir suyak qirralari aniqlandi. Natijada protezning yomon fiksatsiyasi va
og`riqlarning paydo bo‘lishi.
1) Tashhis qo‘ying
2) Qo‘shimcha tekshirish usullari
3) Davolash rejasini tuzing
Javob: 1. Og`iz bo‘shlig`i dahlizining kichikligi, ―osilib turuvchi‖ qirra, ekzostoz.
2. Rentgenografiya
3. Alveolyar o‘siq qirrasining ortiqcha to‘qimasini olish
3. Xirurgik stomatologiya klinikasiga 67 yoshli bemor murojat qildi. Pastki jag`da 5678 tishlar yo‘q. Yo‘q
bo‘lgan tishlar sohasidagi alveolyar o‘siqning til yuzasida suyak kirralari aniqlanyapti, palpatsiyada yupqa,
og`riqsiz, gipertrofiyalangan. Bemor 1 xafta davomida qisman olinadigan protezdan foydalanyapti. Protezlashga
qadar shikoyatlari yo‘q edi.
1) Tashhis qo‘ying
2) Davolash rejasini tuzing
Javob: 1. 5678 sohasidagi ekzostoz
2. Ekzostozni olish operatsiyasi
4. Bemor 61 yosh. Pastki jag` echiladigan protezi yomon fiksatsiyalangan va destabildir. Og`izgi ochganda va
tilni harakatlaganda protez tushib ketyapti. Mahalliy ko‘rikda: alveolyar o‘siqning III darajali atrofiyasi.
1) Tashhis qo‘ying
2) Davolash rejasini tuzing
Javob: 1. Alveolyar o‘siqning III darajali atrofiyasi
2. Alveolyar o‘siq plastikasi