6.3. Amaliy qism Mulyaj, model va volyonterda o‘tkaziladi. Bemorlarni tekshirish pedagog ishtirokida olib boriladi.
Talaba amaliyotda parodont kasaliklari, kalta lab va til yuganchalari, ekzostozlar, shilliq qavat tyajlari mavjud
bo‘lgan bemorlardan to‘g`ri anamnez yig`ishni bilishi lozim. Bunda asosiy va ikkilamchi ma`lumotlarni farqlay
olishi kerak. Jag` suyaklari palratsiyalashni va qalinligini aniqlay olishi lozim. Jag` suyaklari va shilliq qavat
qalinligini aniqlash maqsadida ignali shtangentsirkulni qo‘llashni bilishi lozim. Bemor ko‘rigi xam vizual, xam
palpatsiya orqali amalga oshiriladi. Bunda talaba bilimi baxolanadi – qanchalik mavzuga oid kasalni to‘g`ri va
aniq tekshirishi, bemor bilan muloqot vaqtida bemor ruhiyatiga e`tibor berish kerak. Bemorlarni tekshirishda
talabani instrumentlar bilan ishlashi, palpatsiya qilishni va rentgen tasvirda suyaklar strukturasini to‘g`ri baxolay
olishni o‘rganishi lozim, nuqson sohasini va implantat sohasini aniqlay olishi lozim. Bundan tashqari talaba
bemorni ambulator va kasallik tarixini to‘g`ri to‘ldira olishni bilishi lozim.
Agar mavzuga oid bemorlar topilmasa interraktiv uyin «vrach» va «bemor» o‘yini o‘tkaziladi. Bunda xar
ikki talaba xam baholanadi, ya`ni bemor talaba qanday qilib o‘z