Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

 
 
Vaziyatli masalalar. 
 
 
1. Xirurgik stomatologik poliklinikani ko‘rilganda u moslashtirilgan joydaligi aniqlandi. Xonalar devorlarining 
½  qismi  oboy  bilan  qoplangan,  qolgan  qismi  va  potolok  oqlangan,  pol  taxtali,  sterilizatsiya  xonasi  5m
2

bakteritsid lampa yo‘q.  
1. Poliklinikada qanday sanitar normalar buzilganligini aniqladingiz? 
2. Siz xonani qanday tashkillashtirardingiz?     
 
Javob. 
1. Xonalar devorlarining ½ qismi oboy bilan qoplangan, qolgan qismi va shipi oqlangan, pol taxtali, 
sterilizatsiya xonasi 5m
2
, bakteritsid lampa yo‘q. 
2.Xonalar devori 1.8m kam bo‘lmagan balandlikda,operatsion xona butun devorlari polixlorvinil,poliesterol 
yokil glazur plitkalar bilan qoplangan bo‘lishi kerak.Xonaning poli o‘ralgan polixlorvinil material (linoleumom) 
yoki chinni plitka bilan,operatsion xona esa polimertsement mastik yoki chinni plitkalar qoplanishi kerak. 
Operatsion,operatsiya oldi ,sterilizatsiya xonalari  shifti  suvliemultsiya,yog`li yoki elimli buyoq bilan,eshik va 
derezalar gliftali emal va yog`li bo‘yoq bilin bo‘yalishi kerak.Eshik va derazalar yuvish uchun qulay silliq va 
nam bilan tozalash imkoni bo‘lishi kerak .Bakterotsid va ultrafiolet lampalar bo‘lishi lozim.Sterilizatsion xona 
8m

kam bo‘lmasligi shart. 
 
2. Xamshira steril stol tayyorladi, bunda stolning ko‘p qismini material uchun kam qismini esa instrumentlar 
uchun ajratdi.  
1. Xamshira stolni to‘g`ri tayyorladimi? 
2. Stolni qanday tayyorlash to‘g`ri?  


   Javob:1 noto‘g`ri. 
2.Katta qismda asbob-uskunalar,kichik qismda material bo‘lishi kerak. 
 
3. Stomatologik poliklinikada 3ta xirurg – stomatolog shtati ajratilgan. Xirurgik kabinetda 2ta kreslo bor va ish 
2ta smenada tashkillashtirilgan. Birinchi smenada bemorlar sonining ko‘pligini xisobga olib 2ta oliy va birinchi 
kategoriyali  vrachlar,  bitta xamshira  va  kichik  tibbiy  xodim  ishlaydi, ikkinchi  smenada  bemorlar  soni  kamroq 
shuning  uchun  1yil  oldin  klinik  ordinaturani  tugatgan  bitta  vrach  va  kichik  tibbiy  xodim  siz  bitta  xamshira 
ishlaydi.  
1. Smenalar bo‘yicha tibbiy xodimlar soni to‘g`ri rejalashtirilganmi? 
2. SHtatlar jadvali Sog`liqni saqlash vazirligi qarori bo‘yicha tuzilganmi? 
Javob: 1 noto‘g`ri 
 
2.Xamshiralar shtati xar bir xirurg stomatologga bitta xamshira to‘g`ri keladi. Kichik tibbiy xodimlar shtati 
bo‘yicha bitta vrachga bitta  kichik tibbiy xodim to‘g`ri keladi. 
 
 
4.  Bemor  poliklinikaga  pastki  jag`  o‘ng  tomonida  o‘tkir  og`riq  borligiga  shikoyat  qilib  keldi,  og`riq  kecha 
kechqurun paydo bo‘lib kechasi keskin. Og`riq xurujsimon, o‘z  – o‘zidan paydo bo‘ladi, uchlik nervini shoxlari 
bo‘ylab  tarqaladi.  Bemor  og`riq  paydo  bo‘lshini  xech  narsa  bilan  bog`lay  olmaydi  va  aniq  bir  sababchi  tishni 
ko‘rsata olmaydi chunki og`riq tarqalgan xarakterga ega. 
1.  Tashxis qo‘yish uchun ma`lumotlar etarlimi? 
2.  Qanday tekshiruv usullarini o‘tkazish kerak? 
    
Javob :1 to‘liq emas. 
2.Tishlar xolatini ko‘rish,perkussiya,zondlash.Qo‘shimcha tekshiruv usuli-EOD va rentgenografiya. 
 
5. Poliklinikaga 20 yoshli bemor, pastki jag` chap tomonda og`riqli shish borligiga, og`iz ochilishi qiyinlashuviga, 
chaynash  funktsiyasiin  buzilishiga  shikoyat  qilib  keldi.  Anamnezidan  bemor  2kun  oldin  yiqilib  pastki jag`  chap 
tomondan jaroxat olgan va tibbiy yordamga 1chi marta murojaat etdi. Travmadan so‘ng pastki jag` chap tomonda 
og`riq va og`izdan qon ketishi paydo bo‘lgan, bir qancha vaqtdan so‘ng jaroxat olgan soxada shish paydo bo‘lgan 
va u kattalashgan. 
1.  Ob`ektiv tekshiruv qanday o‘tkaziladi? 
2.  Qaysi qo‘shimcha tekshirish usullarini o‘tkazish kerak? 
Javob:1.Palpatsiya  yordamida. 
CHap pastki jag` fas va profil rentgenografiyasi.  
 
3.  Stomatologik  poliklinikaga  bemor  pastki  jag`  o‘ng  tomonda  og`riq  borligiga,  shish  paydo  bo‘lishiga,  tana 
xaroratini  39gacha  kg`tarilishiga,  og`iz  ochilishi  chegaralanishiga,  yutinishda  og`riq  borligiga  shikoyat  qilib 
keldi.  
1.  Bemorni ko‘rishni qanday ketma – ketlikda o‘tkazish kerak?   
Javob:1 sialografiya. 
6.  Stomatologik  poliklinikaga  bemor  chap  tomon  quloq  oldi  so‘lak  bezini  sialodeniti  yo‘llanma  tashxisi  bilan 
murojaat  qildi.  Tashqi  ko‘rinishida  quloq  oldi  –  chaynov  soxasida  shish  borligi  aniqlanadi.  Bez  chiqaruv 
nayidan quyuq so‘lak ajralmoqda, lunj shilliq qavati giperemiyalangan, shishgan. 
1.  Tashxisni aniqlashtirish uchun qanday qo‘shimcha tekshiruv usullarini o‘tkazish kerak.  
 
7. Xirurg-stomatolog surunkali periodontit sababli yuqorigi chap tomon 7  tishni olgandan keyin tish katagidan 
ko‘p miqdorda xavo pufaklari aralash qon ketishini aniqladi. Vrach katakcha chetlarini yaqinlashtirib salfetka 
tishlatib qo‘ydi. Bir qancha vaqtdan keyin chap burun yo‘lidan qon ketishi paydo bo‘ldi va tez to‘xtadi. Vrach 
bemorni jo‘natib og`izni antiseptik eritmalar bilan chayishni tavsiya qildi. Bir xaftadan so‘ng bemor qaytib keldi 
va yuqori jag chap tomonini og`rishiga, olingan tish katagidan va chap burun yo‘lidan yiring oqishiga shikoyat 
qildi. Bemor bo‘lim mudiri tomonidan ko‘rili tashxis qo‘yildi: ―chap tomon o‘tkir yiringli odontogen gaymoriti, 
olingan tish tomondan gaymor bo‘shlig`ini perforatsiyasi‖. 
1.  Birinchi qatnovda vrach qaysi asoratga ahamiyat bermadi? 
2.  SHu soxada qaysi tekshiruv usullarini qo‘llashi kerak edi? 
3.  Ikkinchi qatnovda tashxis qo‘yish uchun qaysi tekshiruv usullari qo‘llanilishi kerak? 
Javob: 1Gaymor bo‘shlig`i tubi perforatsiyasi. 


2.Klinik ,rentgenologik. 
3.Burun yondosh bo‘shliqlari rentgenografiyasi. 
 
 
 
8.  Bemor  statsionarda  quyidagi  tashxis  bilan  davolanmoqda:  «Surunkali  odontogen  gaymorit.  YUqori  o‘ng 
tomon  7  tish  soxasida  oqma  yo‘l».  Bemorni  bosh  og`rishi  va  tish  katakchasidan  yiringli  ajralmalar  chiqishi 
bezovtalaydi. 
1.  Radikal  gaymorotomiya  va  oqma  yo‘l  plastikasi  operatsiyasida  mahalliy  og`riqsizlantirishni  qanday 
usuli qo‘llanilishi kerak? 
2.   Siz qaysi anestetiklarni qo‘llar edingiz? 
 Javob:Maxalliy infiltratsion,infraorbital,tuberal,palatinal,shuningdek burunga boradigan shoxcha xam. 
2.lidokain,mepivikain,ultrakain va b. 
 
9.  Bemorga  432│  sohasida  radikulyar  kista  sababli  tsistoektomiya  operatsiyasi  o‘tkazilishi  kerak.  Rentgen 
sur`atda  1.0  do  1.5  sm  li  aniq  chegarali  dumaloq  shaklda  hosila  aniqlanadi.  Pergament  qirsillash  simptomi 
musbat. 
1.mahalliy og`riqsizlantirishni qaysi turini qo‘llaysiz? 
2.qaysi og`riqsizlantiruvchi preparatlarni qo‘llaysiz? 
3.og`riqsizlantiruvchi  moddaga  adrenalin  eritmasini  qo‘shish  shartmi,  kerak  bo‘lsa  qanday 
kontsentratsiyada va nisbatda?  
Javob: 1.infraorbital,insizival. 
2. lidokain,mepivikain,ultrakain va b. 
         3.Agarda anestetek tarkibida adrenalin bo‘lmasa unda 100ml anestetika 1ml adrenalin qo‘shiladi. 
 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin