Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi


Matbuot xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 356,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix07.03.2022
ölçüsü356,29 Kb.
#53461
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi - Vikipediya

Matbuot xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xolisona

xabardor etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni tashkil etish;

Qonunchilik palatasining faoliyati to‘g‘risida rasmiy xabarlarni tayyorlash hamda ommaviy

axborot vositalarida va Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida tezkorlik bilan tarqatish.




Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish hamda qo‘llash sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga

oshirishda ishtirok etish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish va «Elektron

parlament» tizimini joriy etishga doir kompleks dasturni takomillashtirish va amalga

oshirishda ishtirok etish;

Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya tizimini, shu jumladan elektron ovoz berish

tizimini shakllantirish, rivojlantirish va undan foydalanish;

Qonunchilik palatasining, uning Kengashining, qo‘mitalarining (komissiyalarining),

Qonunchilik palatasi deputatlarining va Devoni xodimlarining faoliyatiga axborot-texnik

jihatdan xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash;

Qonunchilik palatasi deputatlariga va uning Devoni xodimlariga qonun loyihalarini ko‘rib

chiqishda, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa

masalalarni hal etishda ko‘maklashish.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi o‘z zimmasiga Devon rahbari tomonidan

yuklatilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Xatlar va fuqarolarni qabul qilish bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Qonunchilik palatasiga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan xatlarga doir ishlarni

tashkil etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushayotgan murojaatlari bilan

ishlashni tashkil etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek

shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash

hamda bartaraf etish maqsadida murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish.




Yüklə 356,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin