Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifasi Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun
loyihalarining va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ko‘rib chiqilishini tashkil
etish hamda bu loyihalarni Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqish, shuningdek
qabul qilishning yoki bekor qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishdan iborat.
Tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlari faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliy va
maslahat jihatidan ta’minlash;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bajarilishini monitoring qilish
va har tomonlama tahlil etishni amalga oshirish, ushbu yo‘nalishlar samaradorligini
kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
qonun ijodkorligi jarayonining keng ko‘lamli tahlilini amalga oshirish, qonunlarni ro‘yobga
chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Qonunchilik palatasining deputatlari, qo‘mitalari va deputatlar birlashmalariga ular tomonidan
nazoratga oid vakolatlarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.
Dostları ilə paylaş: |