Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab
chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab
chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan
ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi
kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi
kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat
o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-
buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi
kuchlaming rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim
mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va
boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri
bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish
munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib
topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-
biridan
farq
qiladi.
Tashkiliy-iqtisodiy
munosabatlar
ishlab
chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur
munosabatlar kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib,
shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab
chiqaruvchi
kuchlar
taraqqiyoti
muayyan
bosqichlarining
xususiyatlarini va ulaming ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu
masalan, mehnat taqsimoti uni ixtisoslashtirish va kooperasiyalash,
ishlab chiqarishning to‘planishi hamda uyg‘unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega
bo‘ladi. Bu ijtimoiy shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni
vujudga keltiradi, ulaming mohiyati va asosini ishlab chiqarish
vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |