Makkajo‘xori va bug‘doy urug‘larini Fuzarium zamburug‘lari sun’iy
zararlab laboratoriya sharoitida o‘stirilgan maysalarning unuvchanligiga
ta’siri (sm)
Makkajo‘xori
№
Kontrol (suv)
1-obrazets (Fuz Sol) 2-obrazets (Fuz Oxs)
1
12,5
13,0
11,9
2
16,5
14,3
12,3
3
17,5
12,8
8,0
4
12,0
12,8
9,5
5
15,0
11,9
13,9
6
16
15,0
-
Jami:
90/15
80/14
56/10
Bug‘doy (chillaki)
1
10,1
12,9
-
2
11,4
10,0
3,5
3
10,5
12,4
9,5
4
11,5
10,0
10,2
5
11,0
8,9
12,4
6
16,7
-
10,5
Jami:
72/12
55/10
47/8
Bug‘doy (bobur)
1
14,5
14,0
13,1
2
13,5
13,2
11,6
3
9,7
11,0
4,0
4
9,0
13,0
10,4
5
16,0
11,9
15,5
6
15,5
10,0
15,5
Jami:
79/14
74/13
71/12
38
Bacillus thuringiensis bakteriyasi delta-endotoksinlarining antibiotik
ta’siri fitopatogen zamburug‘lardan Rhizoctonia, Phytophtora, Fuzarium,
Bipolaris va Alternaria avlodlari ustida bir qator tadqiqotchilar tomonidan
kuzatishlar olib borildi.
Ularning
xulosa
qilishicha
delta-endotoksinlar
fitopatogen
zamburug‘larning kultural belgilarning o‘zgarishiga, o‘sish chizig‘ini to‘xtatib
qo‘yishi, koloniyalarning havo qismini o‘sishini bartaraf qilish va boshqa
foydali jihatlari bilan faolligi ma’lum bo‘ldi.
Mualliflarning ta’kidlashicha hozirgi vaqtda fitopatogen mikroorganizmlar
bilan kurashishning ekologik xavfsiz usullari etarli darajada emas. BT delta-
endotoksinlari fitopatogen mikroorganizmlarni bartaraf qilishning biologik omili
sifatida eng istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi [ Kamenek, 2000].
A). 1 2 3
B). 1 2 3
3.3-rasm. Tadqiqot ob’ektlarining antogonistik faolligini o‘rganish
A- 3 sutkalik, B-7 sutkalik natija. (1-shtamm
№12, 2-kontrol, 3-shtamm № 05)
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida birinchi marotaba Bacillus thuringiensis
var.thuringiensis entomopatogen bakteriyasi shtammlarining Fusarium solani
turiga nisbatan antogonistik xususiyati mavjudligi aniqlandi. SHuningdek, 115
39
ta kolleksion shtammlardan 2 tasi
(№ 05, № 12) faol biologik produtsent sifatida
qayd etildi. Ushbu tadqiqot ishi natijasida o‘ta zararli mikroorganizm sifatida
qayd etilgan Fusarium Oxsisuporium turiga mansub fitopatogen zamburug‘lar
keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kurashishda Bacillus thuringiensis
entomopatogen bakteriyasi asosida kurashish imkoniyatlaridan foydalanishni
tavsiya etamiz.
Kelgusida Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi asosida
fitopatogen organizmlar qarshi biopreparatlar tayyorlashning ilmiy-amaliy
asoslarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan kimyoviy
pestitsidlar miqdorini kamaytirish va ekologik toza maxsulotlar etishtirishda
asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bacillus thuringiensis bakteriyasi oqsilli kristallar (
δ-endotoksinlar) sintez
qiladigan noyob mikroorganizmlar guruhi hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko‘ra spora hosil qiluvchi Bacillus
thuringiensis bakteriyasi imkoniyatlaridan o‘simliklarni kompleks himoya
qilishning istiqbolli vositalari sifatida foydalanib kelinmoqda.
So‘nggi yillarda Bacillus thuringiensis bakteriyasi va uning delta-
endotoksinlari inson organizmi va qishloq xo‘jalik o‘simliklarida kasallik
qo‘zg‘atuvchi patogen bakteriyalar va zamburug‘larga ta’sir darajasi bo‘yicha
izlanishlar shu soha olimlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda [Kamenek va
boshq., 2008].
Ko‘pgina mualliflarning ta’kidlashicha Bacillus thuringiensis bakteriyasi
δ-endotoksinlarining antimikrobli faolligining juda yuqoriligi aniqlandi [Egorov
va boshq., 1990; YUdina, Egorov, 1996; YUdina, Burseva, 1997; Klimentova,
2001; Tyulpineva, 2003].
Bacillus thuringiensis
δ-endotoksinlari asosida biopreparatlar ishlab
chiqarish va amaliyotda qo‘llash o‘simliklarni zararkunanda hasharotlar va
fitopatogen mikroorganizmlardan himoya qilishning nafaqat ekologik xavfsiz
usuli va yuqori samaradorligini ta’minlaydi, balki bir qator veterinariya va
tibbiyot masalalarini ham hal etishi mumkin. (D.V.Kamenek, 2009).
40
Bacillus thuringiensis bakteriyasi delta-endotoksinlarining antibiotik ta’siri
fitopatogen zamburug‘lardan Rhizoctonia, Phytophtora, Fuzarium, Bipolaris va
Alternaria avlodlari ustida bir qator tadqiqotchilar tomonidan kuzatishlar olib
borilgan. Ularning xulosa qilishicha delta-endotoksinlar in vitro sharoitida
fitopatogen zamburug‘larning kultural belgilarning o‘zgarishiga, o‘sish zonasini
to‘xtatib qo‘yishi, koloniyalarning havo qismini o‘sishini bartaraf qilish va
boshqa foydali jihatlari bilan faolligi ma’lum bo‘ldi. Mualliflarning
ta’kidlashicha hozirgi vaqtda fitopatogen mikroorganizmlar bilan kurashishning
ekologik xavfsiz usullari etarli darajada emas. BT delta-endotoksinlari
fitopatogen mikroorganizmlarni bartaraf qilishning biologik omili sifatida eng
istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi [ Kamenek, 2000].
Quyida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlarimizda qishloq xo‘jalik ekinlarini
zararli mikroorganizmlardan himoya qilishning ekologik zararsiz bo‘lgan
mikrobiologik vositalariga e’tibor qaratildi. Bunda asosiy oziq-ovqat
mahsulotlaridan biri hisoblangan poliz ekini (bodring) urug‘larining
unuvchanligiga Bacillus thuringiensis bakteriyasi mahalliy shtammlari
δ-
endotoksinlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot ob’ekti sifatida Fuzarium
oxysporium fitopatogen zamburug‘i shtammlaridan, hamda Toshkent kimyo
texnologiya
instituti
“Biotexnologiya”
laboratoriyasi
kolleksiyasida
saqlanayotgan Bacillus thuringiensis bakteriyasi mahalliy shtammlari
(№05)
dan foydalanildi. Bacillus thuringiensis shtammlarini o‘stirishda standart
holdagi peptonli, Fuzarium oxysporium zamburug‘i shtammlarini o‘stirishda esa
CHapeka ozuqa muhitlaridan foydalanildi.
Olib borilgan tajribalar laboratoriya sharoitida 50x50 o‘lchamdagi maxsus
idishlarda bodring urug‘ining unuvchanligi o‘rganildi. Har bir variantga 50
donadan urug‘lar ekildi va kuzatuv ishlari ikki xafta davom etdi. Ekishdan oldin
birinchi (nazorat) variantidagi urug‘lar toza suvga, ikkinchi variantdagi urug‘lar
Bacillus thuringiensis bakteriyasi mahalliy shtammlari
δ-endotoksinlari
suspenziyasiga ikki soat ivitib qo‘yildi, uchunchi variantda esa tuproq Fuzarium
oxysporium zamburug‘i suspenziyasi bilan sun’iy zararlantirilgan, urug‘lar esa
41
δ-endotoksinlar bilan ishlov berilgan, to‘rtinchi variantda tuproq sun’iy
zararlantirilib, urug‘lar ishlov berilmay (oddiy suvda ivitilib) ekildi va quyidagi
natijalar olindi (3.13-jadval).
3.13-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi variantda unib chiqqan nihollar
soni birinchi variantdagiga nisbatan past bo‘lsada, sog‘lom nihollar soni va
boshqa ko‘rsatkichlari bilan qolgan variantlardan yuqoriligini ko‘rsatdi. YA’ni
ekilgan urug‘larga nisbatan unib chiqqan nihollar soni ikkinchi variantda 35
tupni, (nazoratga nisbatan 4% past), uchunchi variantda 27 tupni, (nazoratga
nisbatan 20%, ikkinchi variantga nisbatan 16% past), to‘rtinchi variantda esa 25
tupni (nazoratga nisbatan 24%, ikkinchi va uchunchi variantlarga nisbatan 4-
20% past) tashkil etdi. SHunga muvofiq holda sog‘lom nihollar ko‘rsatkichi
bo‘yicha ham taqqoslanganda (unib chiqqan nihollarga nisbatan foiz hisobida)
ikkinchi variantdagi sog‘lom nihollar soni 32 tupni (91,4%), nazoratdan 7,7%
yuqori, uchunchi variantda esa 23 tupni (85,1%), nazoratdan 1,4%, to‘rtinchi
variantdan esa 9,1% yuqori ekanligini ko‘rsatdi.
42
3.13-jadval
Poliz ekini (bodring) urug‘larining unuvchanligiga Bacillus thuringiensis bakteriyasi
Dostları ilə paylaş: |