www.ziyouz.com kutubxonasi
12
uchun bo‘lgan.
Kavush bilan tahorat qilmoqning ma’nosi, tahorat qilib oyoqlari xo‘llik holida kiyar edilar
yoki kiyib turib, tahorat qilmoq, ya’ni oyoqni kavush kiyib turib yuvmoqning joizligini
ta’lim qilar edilar, chunki arabiy kavushlar yuzi ochiq bo‘ladi, suv oyoqning hamma
tarafiga yetadi.
65. Amr ibn Hurays roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni
ikki kavush kiygan holda namoz o‘qib turganlarini ko‘rdim. Kavushlarining orqa tarafiga
charm solingan yo yamoq qilingan edi.
I z o h. Bu hadisdan kavush bilan namoz o‘qimoq joizligi ma’lum buladi. Albatta, poklik
sharti bilan.
66. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam dedilar: Ey, musulmonlar, sizlardan hech bir kishi bir oyog‘ida kavush va bir
oyog‘i yalang yurmasin. Kavush kiysa, butun kiysin, bo‘lmasa yalangoyoq yursin.
67. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir
kishini chap qo‘l bilan taom yemagin va bir poy kavush kiymagin deb man’ qildilar.
I z o h. Bu ikki hadisni «Shamoili sharifa» hadislari bilan zikr kilishdan musannifning
maqsadlari shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chap qo‘llari bilan taom
yemadilar va yakka poy kavush kiymadilar deyishdir. Shari’ati islomiyada bu ikki ish
uzrsiz qilinsa, makruh sanaladi.
68. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam dedilar: Qachon sizlardan bir kishi kavush kiymoqchi bo‘lsa, avval o‘ng
oyog‘iga kiysin va qachon kavush yechmoqchi bo‘lsa, avval chap oyog‘idan yechsin,
ya’ni o‘ng oyoq kiyishda avval bo‘lsin, yechishda keyin bo‘lsin.
69. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
kavushlaridagi tasmalari ikki dona edi. Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoning
kavushlaridagi tasmalari ham ikki dona edi. Hammadan avval kavush tasmasini bir
donaga tushirgan zot Usmon roziyallohu anhu bo‘ladilar.
I z o h. Bu hadisdan kavush tasmalarini xos bir adadi bo‘lmay, odatga qarab bo‘lishi joiz
ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |