www.ziyouz.com kutubxonasi
65
taxorat ushatsak, quy kabi yo tuya kabi ushatar edik. Men shunday kunlarni ko‘rib
kechirgan bo‘lsam, bu kun Bani Asad qabilasi mening dinim haqida menga tanbeh
berurlarmi? U holda mening tamomi amallarim zoe bo‘lib, o‘zim ziyonkor va noumid
bo‘lgan bo‘lurman.
I z o h. Bu hadisda sahobai kirom roziyallohu anhumning avvali Islomdagi holatlaridan
bir namuna ko‘rsatilgandir. Bu uzun bir xadisning bir qismidir.
293. Xolid ibn Umayr va Shuvays ikkilari dedilar: Umar roziyallohu anhu Utba ibn
G’azavonga buyurdilar: sen barcha yuldoshlaring bilan birga ilgariga qadam qo‘y. Bora-
bora Arab mamlakatining oxiriga va Ajam mamlakatining avvaliga yetasan. Bular
xukmga bo‘ysungan holda ilgari yurdilar. Bora-bora Basraning Mirbadi, ya’ni, xurmo jam
qilib quritadigan yeriga yetdilar, u yerda yumshoq toshlarni ko‘rdilar. Dedilar: Bu nima?
Ba’zilari dedilar: Bu Basradur: Basra deb, oqqa moyil bo‘lgan oqni aytilur. Keyin yana
yurdilar. Bora-bora Dajla daryosining kichik ko‘prigining yaqiniga yetdilar. Keyin
dedilarki, Umar roziyallohu anhu turmoq uchun sizlarga amr bergan yer shu yerdir.
Keyin shu yerga tushdilar, va unda qaror oldilar, deb roviylar hadisni tamomini bayon
qildilar.
Shu xadis oxirida Utba roziyallohu anhuning xutbalari bordir, unda deyiladi: Bir kunlar
shunday xolatlarni ko‘rdikki, men yetti nafarning yettinchilari edim. Janobi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Yemaklarimiz daraxtlarning barglari edi.
Barglarni yeb-eb og‘izlarimizning ichlari yara bo‘lib ketdi. O’sha kunlarda men yerdan bir
chodir topib oldim. Uning yarmini Sa’dga berdim: bizlar avvali Islomda shunday kulfatlar
ko‘rgan edik. Bu kunlar o‘sha yetti kishi hammamiz bir-bir katta shaharda amirmiz.
Lekin Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yo‘llaridamiz. Lekin sizlar oz kunda
boshqa amirlarni ham ko‘rasizlar.
294. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: Men Alloh taoloning yo‘lidan u zamon qo‘rqitildimki, hech kim qo‘rqmas edi. Va
u zamon aziyat berildimki, xech kimga aziyat berilmas edi. Va mening boshimdan
shunday o‘ttiz kecha va kunduz o‘tdiki, men bilan Bilol ikkimiz uchun jonvor yeydigan bir
taom yo‘q edi. Magar shunchalik bir narsa bo‘lar ediki, uni Bilol o‘z qo‘ltig‘ida saqlar edi.
I z o h. Bu hadisdan tushunarli bo‘ladiki, Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
o‘zlari va hammadan avval Islom diniga musharraf bo‘lgan sobiqin avvalin roziyallohu
anhum avvali Islomda inson ko‘rmagan jafo va aziyatlarni ko‘rgandilar. Xudoni yakka va
yagona e’tiqod qilganliklari uchun mushriklar qo‘llaridan xar turli ozor berildilar. Ular
o‘ldiramiz, deb qo‘rqitdilar. Butun dunyo xalqi har xil roxat va amniyatda bo‘lgan bir
zamonda ular uchun keng jaxon ignaning ko‘zi kabi tor bo‘ldi. Lekin bu imtihonlarda sabr
qilgan zotlarga dunyoning o‘zida ham Alloh Taolo buyuk mukofotlar ato qildi.
Oxiratdagisi inshoolloh alohida turibdi.
295. Anas roziyallohu anxu dedilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning na
ertalabki taomlarida va na kechki taomlarida non va go‘sht ikkisi jam bo‘lgan emas edi.
Balki biri bo‘lsa, ikkinchisi bo‘lmas edi. Magar qachon bir mexmon majlisi bo‘lib qolsa, u
holda, albatta, non va go‘sht ham jam qilinar edi. (Ya’ni, Janob o‘zlari va xonadonlari
tanho bo‘lsalar – mehmon bo‘lmasa – u holda go‘sht bo‘lsin yo non bo‘lsin o‘zini tanovul
qilar edilar. Takalluf qilib o‘tirmas edilar).
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |