www.ziyouz.com kutubxonasi
64
xonalariga da’vatsiz tashrif qilibdilar. Bu holni ko‘rgach, yugurib kelib Sarvari olam
sallolohu alayhi vasallamni quchoqlab olib, dedilar: Ota-onam fido bo‘lsin, yo Rasululloh,
xush kelibdilar.
Keyin u zotlarni boshlab, bog‘lariga kirdilar. Va ular uchun bisotlar to‘shadilar. O’tirg‘izib
qo‘yib, o‘zlari xurmo keltirmoq uchun bordilar. Bir bosh to‘da xurmoni keltirib, qoshlariga
qo‘ydilar. U shohda pishgan va pishmagan har turli xurmolar bor edi. Janobi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam marhamat kildilar: “Nima uchun butun bir boshni keltirdingiz?
Bunda xomlari ham bor ekan. Bekor qoladi. Pishganlarini olib kelsangiz bo‘lmasmidi?”
Abu Xaysam dedilar: “Men shu niyatda keltirdimki, Janob xoxlaganlaridan tanovul
qilsinlar. Xoxlasinlar pishganidan, xoxlasinlar g‘urasidan yesinlar”. Keyin har uch
mexmon mukarram xurmodan yedilar. Va suvdan ichdilar. Va Rasullulloh sollallohu
alayhi vasallam dedilar: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, bugungi bu ne’mat o‘sha
ne’matlardandirki qiyomat kunida undan savol qilinasizlar”. (Ya’ni, bu uch ne’matki –
oromlik, soya va shirin yangi xurmo va muzdek sovuq suv). Keyin Abu Xaysam
mexmonlarga taom xozirlamoq uchun o‘rinlaridan turib yurib qoldilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, birodar, bizlar uchun jondor so‘ymoqchi
bo‘lsangiz, sut berib turgan narsani so‘ymang. Keyin Abu Xaysam roziyallohu anxu bir
echkining bolasini so‘yib, nihoyatda tezlik bilan taom xozirlab keldilar. Hammalari u
taomdan tanovul qildilar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, Abu
Xaysam, xodimingiz bormi? Abu Xaysam dedilar: xodimim yo‘q. Janob dedilar: Kachon
bizga bir tarafdin g‘ulomlar kelsa, yodimizga soling, xojatingizni ravo qilamiz. Ittifoqo,
bir tarafdin ikki adadgina g‘ulom kelib qoldi. Abu Xaysam roziyallohu anhu va’dalarini
yodga solmoq uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga keldilar.
Janob dedilar: Bu ikki adad g‘ulomdan qaysi biri xizmatga munosib ko‘rilsa, olib boring.
Abu Xaysam dedilar: Mavlomiz o‘zlari menga birini xoxlab bersinlar. Janob dedilar:
Mushavvara so‘ralgan inson amin bo‘ladi. Mana bu g‘ulomni oling, uni namoz o‘qib
turganini ko‘rdim. Lekin mening bu g‘ulom xususida sizga tavsiyam shuki, buning haqida
xayrixox bo‘ling. Keyin Abu Xaysam roziyalloxu anhu g‘ulomni olib uylariga bordilar.
Bo‘lgan voqeani va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vasiyatlarini xotinlariga
bayon qildilar. Xotinlari dedilar: Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
tavsiyalarining haqini ado qila olmassiz. Munosibi shuki, bu g‘ulomni ozod qilib yuboring,
shoyad rizolarini topsangiz. Abu Xaysam roziyallohu anhu o‘zlariga nihoyatda zarur
bo‘lgan bir g‘ulomni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xushnudliklari uchun Alloh
Taolo yo‘lida ozod qilib yubordilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu voqea
ma’lum bo‘lgan edi, har ikkilaridan xush bo‘lib dedilarki: Alloh Taolo har nabiy va uning
xalifasi uchun ikki botiniy maslaxat berguvchi va dalolat qilguvchini paydo qilgan.
Ulardan birlari yaxshilikka dalolat qiladi, va targ‘ib beradi va yomonlikdan man qiladi.
Ikkinchisi, barbod bo‘lmog‘i va xalokati uchun hamisha ko‘shish qiladi, va bu xususda
xech sustlik qilmaydi. Har kim yomon yo‘llarga dalolat etguvchi rafiqdan saqlanib qolsa,
u odam tamomi yomonlik va xalokatdan salomat qolibdi.
292. Sa’d ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhu dedilar: Ummati islomiyada hammadan avval
Xudo yo‘lida qon to‘kkan zot menman. Va hammadan avval Xudo yo‘lida o‘q otgan odam
ham menman. Sahobai kiromning bir jamoalari bilan bir zamonlarda shunday holda
urush qilar edikki, u kunlarda daraxtlar bargi va tikanli daraxtlar mevasidan boshqa bir
narsani yemas edik. Bora-bora og‘izlarimizning ichlari yara bo‘lib ketdi. Qaysi birimiz
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |