www.ziyouz.com kutubxonasi
68
qiladi. Mana bu hadis mafxumicha jon taslim qilgan yerlariga dafn qilinsin. Keyin sahobai
kirom jasad muborakni Oisha roziyallohu anxoning hujralariga dafn etdilar.
307. Ibn Abbos va Oisha roziyallohu anhumo dedilar: Abu Bakr roziyallohu anhu
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin keldilar va muborak yuzlaridan
bo‘sa qildilar.
I z o h. Bu bo‘sa agarchi barakat xosil qilmoq uchun bo‘lsa ham aslida, mahbubdan
doimiy judolik soatida vido’ bo‘sasidir.
308. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot
qilganlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu xujrai saodatga kirdilar, va Janobning
peshonalaridan bo‘sa qildilar. Va ikki bilaklariga qo‘llarini qo‘yib turib “va anbiyo va
asfiyoh va ahliloh” dedilar.
309. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga
tashrif qilgan kunlarida, Madinaning har bir narsasi nurlik, duraxshon bo‘lgan edi. Janob
vafot etgan kuni Madinaning har bir narsasi qorong‘u bo‘ldi. Bizlarning qo‘llarimiz
tuprog‘i kovidan va dafnlaridan bo‘shagan ham emas edikki, dillarimizning
o‘zgarganligini sezdik.
I z o h. Bu o‘zgarish amallarda va aqidalarda emas edi, balki suxbatlarning fayzsiz
bo‘lishi va zoti baland sifatlaridan ajralish natijasi bo‘lgan bir hol edi.
310. Imom Muhammad Bokir raximahulloh dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam dushanba kuni vafot etdilar. O’sha kun va seshanba kechasi va seshanba
kunduzi turdilar, va chorshanba kechasi kechqurun yerga qo‘yildilar.
311. Abu Salama ibn Abduraxmon Avf roziyallohu anxumo dedilar: Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam dushanba kuni vafot qildilar, va seshanba kuni dafn qilindilar.
312. Solim bin Ubayd roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
o‘lim bemorliklarida behush bo‘ldilar. Keyin xushlariga kelib, “Namoz vaqti bo‘ldimi?”
deb so‘radilar. Xizmatlarida hozir zotlar «Ha. Namoz vaqti bo‘ldi» dedilar. Bilolga
aytinglar, azon aytsin. Abu Bakrga aytinglar, imom bo‘lib, odamlarga namozlarini o‘qib
bersin”, dedilar. Bu so‘zni deb, yana bexush bo‘ldilar. Yana xushlariga kelib, “Namoz
vaqti bo‘ldimi?” deb so‘radilar. Hozirlar: “Ha”, dedilar. Janob dedilar: “Bilolga aytinglar,
azon aytsin. Abu Bakrga aytinglar imom bo‘lib, odamlarga namoz o‘qib bersin”. Oisha
roziyollohu anho dedilar: “Yo, Rasululloh, mening otam g‘amga mag‘lub bir zotdirlar.
Janoblarini maqomlarida holi ko‘rsalar yig‘lab betoqat bo‘ladilar va namoz o‘qiy olmaslar.
Boshqa bir kishiga amr bersalar”. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana bexush
bo‘ldilar. Hushlariga kelganlaridan keyin yana dedilar: “Bilolga aytinglar, azon aytsin va
Abu Bakrga aytinglar imom bo‘lib odamlarga namoz o‘qib bersin”. Keyin Oisha
roziyallohu anxoga boqib dedilar: “Sizlar Yusuf alayhis-salomning sahobalari kabisizlar”.
Keyin Bilol roziyallohu anhuga azon uchun amr qilindi. Azon aytdilar, va Abu Bakr
roziyallohu anxuga aytildi. Odamlarga imom bo‘lib, namoz o‘qib berib turdilar, ya’ni
juma kechasining xufton namozidan boshlab, dushanba kunining bomdod namoziga
qadar, jami o‘n yetti namozni imomat bilan ado qildilar. Bemorlik vaqtlarida Rasuli
akram sollallohu alayhi vasallam bemorlik vaqtlarida biroz tuzalgandek bo‘ldilar, dedilar:
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |