5A210201– Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) mutaxassisligi uchun



Yüklə 454,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix22.03.2022
ölçüsü454,93 Kb.
#54038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
23 5A2102012 Psixologiya dastur 2021

Umumiy psixologiya 

Psixologiya  fani  predmeti,  vazifalari,  obyekti  va  ahamiyati.  Psixologik 

bilimlar  olami.  Psixologiyaning  mustaqil  fan  sifatida  shakllanishi.  Psixologik 

maktablar.  Psixologiya  rivojiga  hissa  qo‘shgan  ulug‘  olimlar.  Psixologiya 

tarmoqlari.  Psixologiya  fani  rivojlanishining  zamonaviy  tendensiyalari.  Psixolog-

mutaxassislar tayyorlash muammolari. Psixologiya kasb sifatida.  

Psixolog  faoliyatini  ko‘rinishi  va  sohalari.  Kasbiy  muhim  sifatlar. 

Psixologning faoliyat ko‘rinishlari. Inson psixikasini umumiy qonuniyatlari, tizimi 

va  funksiyalari.  Inson  psixikasini  tizimi.  Evolyusiyada  tabiiy  tanlanishning  o‘rni. 

Darvin  nazariyasi.  Uilyam  Djeyms  va  instinktlar  psixologiyasi.  Psixikani 

rivojlanish  bosqichlari.  Xatti  -harakat  shakllari.  Tug‘ma  va  individual  xatti  -

harakat. U. Djeymsning instinktlar nazariyasi. Hayvonlar intellektual xatti xarakat 




 

shakllari.  Fiziologlar  tadqiqotlarida  xatti-harakatning  reflektor  nazariyalari. 



Zamonaviy yo‘nalishlarda hayvonlar harakatlarini o‘rganilishi.  

Shaxsni  evolyusion  jihatdan  rivojlanishi.  SHaxs  nazariyalariga  zamonaviy 

qarashlar. 

Evolyusion 

nazariyalar 

va 


shaxs. 

SHaxs 


filogenezi 

va 


ontogenezi.Ijtimoiy  ishlab  chiqarish  inson  hayotining  usuli  sifatida.  Mehnat 

faoliyat  xususiyati:  jamoviy,  va  boshqalar.  Ehtiyojlarning  vujudga  kelishi.  Inson 

ijtimoiy mavjudot sifatida. Individ, sub’ekt, shaxs, individuallik tushunchasi  

Psixofiziologik muammo. Miya va insonning psixik jarayonlari. Psixik jarayonlar 

holatiga  qarab  muommoni  tadqiq  qilish  va  echimi.  Maqsadga  qaratilgan  faoliyat. 

Maqsad  va  motivlarni  o‘ziga  xosligi.  O‘qish  jarayonining  maqsadlari.  Harakat 

qismlari: orientirovka, bajaruvchi, nazorat.  

Afferent  tizimlar  roli.  (N.  A.  Bernshteyn.  insonning  psixik  jarayonlari  va 

miya. MNS tuzilishi. Bosh miya, orqa miya, periferik va vegetativ nerv sistemasi. 

Aqliy va ichki harakatlar. Bir harakatdan ikkinchi harakatga, aqliy operatsiyalarga 

o‘tish.  Xatti-harakat  tushunchasi.  (P.K.Anoxin).  Aqliy  va  ichki  harakatlar.  Bir 

harakatdan  ikkinchi  harakatga,  aqliy  operatsiyalarga  o‘tish.  Xatti-harakat  harakat 

tushunchasi.  (P.K.Anoxin).  Koordinatsion  harakat  tushunchasi.  (N.A.Bernshteyn) 

xarakatlarni  rivojlanishi.  Harakatning  maqsad  sari  intilish  xususiyati.  Harakat 

regulyasiyasi.  Harakat  asosini  orientirlash  tushunchasi.  Harakatning  umumiy 

faoliyat jarayonlari xususiyatiga bog‘liqligi.  

Ontogenezda xatti-harakatlar muammosi. Tug‘ma va orttirilgan xatti-harakat 

shakllari.  Ontogenezda  hayvonlar  xatti-harakatining  biologik  shartlanganligi. 

Elementar  sensor  psixika.  Psixik  rivojlanishning  quyi  bosqichi.  Elementar  sensor 

psixikaning rivojlanishini yuqori bosqichi. Perseptiv psixika. Perseptiv psixikaning 

rivojlanishini  quyi  bosqichi.  Perseptiv  psixikaning  rivojlanishini  yuqori  bosqichi. 

Hayvonlarda  intellekt  muammosi.  Antropogenez  va  psixika  evolyusiyasi.  Mehnat 

faoliyatining  vujudga  kelishidagi  qiyinchiliklar.  Qiyosiy  psixologiyaga  kirish. 

Hayvonlar  va  insonlarning  psixikasini  qiyosiy  o‘rganish.  Inson  psixikasi  va 

hayvonlarning psixikasidagi umumiy o‘xshashliklar. Madaniy -tarixiy nazariya.  

Metodologiya ilmiy metodlar nazariyasi sifatida. Shaxsni o‘rganish. Shaxsni 

tadqiq  etish  metodlari.  Shaxs  nazariyalarini  belgilovchi  mezonlar.  G‘arb 

psixologiya maktabalarida shaxsni tadqiq etish g‘oyasining o‘ziga xosligi.  

Shaxsni  o‘rganishda  tizimlilik  prinsipi  darajalari,  komponentlari  va  tuzilma 

hosil  qilish  mexanizmlari  (S.L.  Rubinshteyn,  B.G.  Ananev,  V.S.  Merlin).  Faollik 

prinsipi  va  unga  doir  uch  yondashuv  (N.A.  Bernshteyn,  P.K.  Anoxin,  D.N. 

Uznadze, A.N. Leontev). Taraqqiyot prinsipi: determenantlari, darajalari va shaxs 

rivojlanish  bosqichlari  (Z.  Freyd,  E.  Erikson,  N.  MakVilyams),  determinizm 

prinsipi  (Dj.  Uotson,  S.L.  Rubinshteyn,  A.N.  Leontev),  nazariya,  eksperiment  va 




 

amaliyot  birligi  prinsipi  (D.  Kempbell,  V.N.  Drujinin,  T.V.  Kornilova)., 



determinizm prinsipi.  

Shaxs  psixologiyasi,  ko‘p  qirraligi.  Individ,shaxs,individuallik.  SHaxsning 

turli fanlar nuktai nazaridan o‘rganilishi. Inson tabiatini evolyusion jihatdan tadqiq 

etish. O‘rgatish qonuni (E. Torndayk). Dj.B.Uotson va E.K. Tolmenning insonga 

nazariy  qarashlari.  Dollard  va  Millerning  mustahkamlash  nazariyasi.  K.Xallning 

o‘rgatish nazariyasi. Skinnerning operant shartlanganlik nazariyasi. Operantlik va 

respondentlik 

xulq-atvor. 

O‘rgatish 

jarayon 


sifatida. 

Mustahkamlash 

rag‘batlantirish va jazolash ko‘rinishida.  

K.Levin  maydon  nazariyasining  asosiy  prinsiplari.  Maydon  nazariyasining 

strukturaviy  qismi:  psixologik  maydon  va  shaxs,  shaxs  ichki  hududi,  perseptual-

motor  qatlam,  subhudud  tushunchasi,  valent  ob’ektlar.  Nazariyaning  dinamik 

qismi: psixik quvvat, haqiqiy ehtiyojlar va kvaziehtiyojlar, zo‘riqish, zo‘riqishning 

reduksiya  prinsipi.  K.  Levin  maktabining  eksperimental  ishlari.  Kognitiv 

psixologiyaning  vujudga  kelishi.  Dj.  Kelli  shaxslik  konstruktlari  nazariyasi. 

Konstrukt  tushunchasi.  Bipolyarlik,  qo‘llanish  diapazoni  va  individuallik. 

Konstruktlar tizimining rivojlanishi . Repertuar panjara testi. Reymond Kettelning 

shaxs  qirralariga  strukturali  yondashuvi.  E.Eriksonning  shaxs  taraqqiyoti 

konsepsiyasi. R.Assadjioli bo‘yicha shaxsning psixosintez konsepsiyasi.  

Shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlar talqini (B.G.Ananev). Individuallik 

xususiyatlari  differensial  psixologiyaning  predmeti  sifatida.  Insonlar  orasida 

individual  farqlarni  o‘rganishning  evolyusion  sohasi.  Antropogenezda  inson 

evolyusion  mexanizmining  gipotezasi  (V.P.Alekseev).  Inson  shaxsi  va 

individuallik xususiyatlari. Individuallik xususiyatlari klassifikatsiyasi va ularning 

shaxs  xulq-atvori  regulyasiyasidagi  o‘rni.  Individ  organik  ehtiyojlarining  shaxs 

xulq-atvoriga ta’siri.  

Temperament.  Temperament  haqida  faktorlik  konsepsiyalari  va  ularning 

tanqidi.  ONF  tiplari  xususida  I.P.Pavlov  nazariyasi,  temperament  haqida  hozirgi 

zamon  nazariyalari.  Temperamentning  evolyusion  jarayonga  moslashish 

imkoniyatlari.  

Psixologiyada  xarakter  muammosi.  Xarakter  shakllanishi.  Xarakter 

aksentuatsiyasi.  Jinsiy  dimorfizm  va  individning  psixologik  tavsifi.  Jinsiy 

farqlanishning psixologik muammolari.  

Shaxsning instrumental darajalari: qobiliyatlar haqida tushuncha. Maxsus va 

umumiy qobiliyatlarni aniqlovchi testlar.  

A.N.Leontevning  konsepsiyasida  ehtiyojlar  va  motivlar.  Turli  psixologiya 

maktabida  motivatsiya  muammosini  o‘rganilishi.  Motivatsiya  modellari. 



 

Motivlarning  evolyusion  nazariya  (instiktlar  nazariyasi),  drayvlarni  qisqartirish 



nazariyasi, faollashtirish nazariyasi, A.Maslouning ierarxik nazariyasi.   

Emotsional  kechinmalarning  umumiy  aniqligi.  Emotsional  kechinmalar 

klassifikatsiyasi.  Affektlar,  ehtiros  va  kayfiyat.  Emotsiyaning  asosiy  funksiyalari. 

Emotsiyaning bilish jarayonlariga ta’sir etuvchi funksiyalari.  

Fiziologik  jarayonlar  bilan  bog‘liq  funksiyalari.  P.V.Simonov  bo‘yicha 

emotsiya funksiyalari klassifikatsiyasi.  

Emotsional ta’sirlash bilan bog‘liq anatomik tuzilishlar. Emotsiyalar va oliy 

asab faoliyat. Emotsiyalar va vegetativ asab tizimi. Emotsiyalar va gormonal tizim. 

Emotsiyalar va bosh miya yarim sharlari funksional asimmetriyasi.  

Emotsional  hodisalarning  modalligi.  Quvonch  va  g‘amning  psixologik  va 

psixofiziolok xarakteristikasi. Xavotir va qo‘rquv emotsiyalarining qiyosiy tahlili. 

Empatiya, uyat va ayb shaxs emotsiyasi sifatida 

Irodaning falsafiy nazariyalari. Iroda volyuntarizm sifatida (A.SHopengauer, 

B.Spinoza,  I.Kant,  G.Gegel,  L.Feyerbax).  Dj.  Lokk,  U.Djems,  L.S.  Vigotskiy  va 

V.Franklarning nazariyalarida iroda va erkin tanlash. Jahon psixologiyasi maktabi 

vakillari 

asarlarida 

iroda 


ixtiyoriy 

motivatsiya, 

majburiyatlilik, 

psixik 


regulyasiyaning asosiy shakli va ichki hamda tashqi qiyinchiliklarni bartaraf qilish 

mexanizmi sifatida talqin etilishi.  

Sezgilarni  signalli  aks  ettirishi.  Sezgi  tushunchasiga  falsafiy  yondoshuvlar. 

Sezgining  maxsus  energiyasi  haqidagi  I.Myuller  va  G.  Gelmgols  nazariyasi,  bu 

nazariyalarning 

haqiqatligini 

isbotlash. 

Sezgilarni 

tushunishning 

tarixiy 


yondoshuvi,  I.Myuller  va  G.  Gelmgolslarning  nazariyalarining  hozirgi  kunda 

ahamiyati. Sezgining retseptor va reflektor nazariyasi. A.YArbus va boshqalarning 

tajribalari. Sezgining boshqa jarayonlarga bog‘liqligi va tashqi muhit bilan aloqasi.  

Idrok  turlari:  ko‘rish,  eshitish,  sezish.  Obrazlarni  idrok  qilishning  o‘ziga  xosligi: 

predmetlilik, yaxlitlik, konstantlik, kategoriallik.  

Perseptiv  obrazlarni  predmetliligi,  idrokning  yaxlitligi  va  o‘zgarmasligi. 

Idrokning konstantligi, idrokning konstantlik nazariyasi. Idrokning tushunilganligi. 

Ma’lum bir predmetlar uchun so‘zlarning ahamiyati. Idrok illyuziyalari. Illyuziyani 

vujudga keltiruvchi omillari.  

Demensiyada  agnoziya  va  psevdoagnoziya.  Hissiyotlarning  yolg‘onligi. 

Idrokda  motivatsion  komponentning  buzilishi.  Rangni  idrok  qilish  anomaliyasi. 

Eshitish patologiyasi. Ta’m bilish sezgisining anomaliyasi. Hid bilish jarayonining 

anomaliyasi.  

Sensor  tizimni  rivojlanishi,  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  idrok.  Bolalikni 

turli  davrlarida  perseptiv  motor  koordinatsiyalarini,  sezuvchanlikni  rivojlanishini 

o‘ziga xosligi. Idrokning murakkab shakllari va qarilik.  




 

Diqqatning  hajmi.  Diqqat  hajmining  individual  xususiyatlari.  Diqqatning 



to‘planishi.  Diqqatning  barqarorligi.  Diqqatning  tebranishi.  Diqqatning  ko‘chishi 

va  taqsimlanishi.  Diqqatning  asosiy  funksiyalari.  Ixtiyorsiz,  reflektor,  instinktiv 

diqqat  (Lange  N.N.),  birlamchi  (E.Titchener),  natural  (L.S.Vigotskiy),  zaruriy 

(N.F.Dobrinin),  Orientirovka  reaksiyasi-ixtiyorsiz  diqqat.  Ixtiyoriy  diqqat. 

Ixtiyoriy  diqqatdan  keyingi  diqqat  (N.F.Dobrinin).  Orientirovka  reaksiyasi-

ixtiyorsiz  diqqatning  fiziologik  ko‘rinishi  ekanligi.  Ixtiyorsiz  diqqatning  bilish 

ehtiyojlari  bilan  aloqasi  (Lange  N.N.).  Ixtiyorsiz  diqqat-  izlanuvchanlik  va 

tadqiqotchilik  faoliyati.  Ixtiyorsiz  diqqatni  shartlovchi  omillar:  jadalligi,  sifati, 

to‘satdan paydo bo‘lishi, takrorlanishi, harakat va yangilik.  

Diqqatoldi jarayonlar (Nayser U) va ularning xulq-atvor tuzilmasidagi o‘rni.  

 Ixtiyoriy  diqqatning  psixologik  mexanizmlari.  Persepsiya  jarayonlari-ixtiyoriy 

diqqatning  asosi.  Ixtiyoriy  diqqatdan  keyingi  diqqat  (N.F.Dobrinin),  birlamchi 

ixtiyoriy diqqat (Titchiner). Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatlardan farqi.  

Xotira  haqida  umumiy  tushuncha.  Xotira  –  o‘tmish  tajribalarni  esga  olib  qolish, 

esga  saqlash  va  unutishdan  ibora  jarayon  sifatida.  Xotira  bilan  bog‘liq  hodisalar. 

Fenomenal xotira. Xotira va o‘rganish. Diqqat va xotira. Xotira va shaxs.  

Qisqa va uzoq muddatli xotiraning fiziologik mexanizmlari. Xotirani ta’minlovchi 

miya tizimlari.  

Tafakkur  haqida  tushuncha.  Tafakkurni  o‘rganishning  umumfalsafiy 

asoslari. Tafakkur fanlar tizimidagi tadqiqot ob’ekti sifatida  - falsafada, logikada, 

informatikada,  fiziologiyada,  pedagogikada  va  tafakkur  xususiyatlarining 

o‘rganilishi.  Tafakkur  psixologik  tadqiqot  predmeti.  V.Djems  tafakkur  haqida. 

Tafakkurning  bilish  jarayonlari  tizimidagi  o‘rni.  Tafakkur  va  nutq.  Tafakkur  va 

ong.  Tafakkur  va  muloqot.  Tafakkur  psixologiyasi  sohasida  ishlarning  nazariy  va 

amaliy ahamiyati.  

Ong  klasssik  psixologiyasida  bilish  jarayoni  tahlili.  Tafakkur  tasavvur 

assotsiatsiyasi  sifatida.  Tafakkur  xulq-atvor  sifatida:  bixeviorizm  (xulq 

psixologiyasi)da tafakkurni tushunish.  

Oliy  psixik  funksiyalarni  madaniy-tarixiy  rivojlanish  nazariyasi  va  nutqiy 

tafakkur  muammosi  (L.S.  Vigotskiy  bo‘yicha).  Tafakkur  va  nutqning  o‘zaro 

munosabatlari tahliliga asosiy yondashuvlar Tafakkur va nutqning genetik ildizlari. 

So‘zning ma’nosi muomala va umumlashtirish birligi sifatida. So‘zning mazmuni 

va ahamiyati. Egotsentrik va ichki nutq.  

L.S.Vigotskiy  va  J.Piajening  egotsentrik  nutq  tuzilishi,  funksiyalari,  va 

rivojlanishi haqidagi munozaralari.  


Yüklə 454,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin