5A210201– Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) mutaxassisligi uchun


Taraqqiyot psixologiyasi va diferensial psixologiya



Yüklə 454,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix22.03.2022
ölçüsü454,93 Kb.
#54038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
23 5A2102012 Psixologiya dastur 2021

Taraqqiyot psixologiyasi va diferensial psixologiya. 

Psixik  rivojlanish  qonuniyatlariga  biogenetik  yondashuv.  Rekapitulyasiya 

konsepsiyasi.  (St.  Xoll).  Rivojlanishda  tarixiylik  va  individuallik  o‘zaro 

aloqadorligi  muammosi.  Ontogenezda  psixik  rivojlanishni  harakatlantiruvchi 

kuchlarni  tushunishga  omilli  yondashuvlar.  Nativizm  va  empirizm.  Preformizm 

nazariyasi. Uch bosqich nazariyasi (K.Byuler). Etilish nazariyasi. (A.Gezell). Bola 

psixik  rivojlanishiga  normativ  yondashuv  (A.Gezell,  A.Bine,  L.Termen).  Klassik 

assotsianizm (Dj.Lokk) rivojlanishda muhit va tajribaning roli haqida. Bixeviorizm 




11 

 

va  neobixeviorizmda  rivojlanish  muammosi  (D.Uotson,  E.Torndayk,  K.Xall, 



B.Skinner).  Ijtimoiy  o‘rgatish  nazariyasi  (A.Bandura,  R.Uolters).  Konvergensiya 

nazariyasi (V.SHtern). Rivojlanishni  




12 

 

tushuntirishda  psixodinamik  nazariyalar.  Psixoanaliz  va  rivojlanish  nazariyalari 



(Z.Freyd). 

Etishmovchilik 

kompleksi 

va 


sotsial 

hissiyot 

rivojlanishni 

harakatlantiruvchi  kuch  sifatida.  Sibling  maqomi  va  rivojlanish  xususiyatlari 

(A.Adler).  SHaxs  rivojlanishini  tushuntirishda  M.Kleyn,  A.Freyd,  D.Vinnikot, 

M.Maler  g‘oyalari.  D.Boulbi  nazariyasi.  Eynsvort  eksperimentlari.  SHaxs 

rivojlanishini  tushuntirishda  epigenetik  konsepsiya  (E.Erikson).  Bolaning 

intellektual  rivojlanishi  konsepsiyasi  (J.Piaje).  Egotsentrik  nutq  va  egotsentrik 

tafakkur.  

Rivojlanish  psixologiyasida  madaniy-tarixiy  konsepsiya.  (L.S.Vigotskiy). 

Yosh tuzilmasi va dinamikasi. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati tushunchasi. Bola 

rivojlanishida  o‘qitish  muammosi.  Rivojlanishning  yaqin  zonasi  tushunchasi, 

uning nazariy va amaliy ahamiyati.  

Inson  psixik  rivojlanishini  tushuntirishga  ijtimoiy-madaniy  yondashuv 

(A.Vallon). Ekologik tizimlar modeli (U.Bronfenbrenner).  

 Chaqaloqlik  davrining  psixologik  xarakteristikasi.  Chaqaloqlik  davri  inqirozi. 

Jonlanish kompleksi.Go‘daklik davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati va etakchi 

faoliyat.  Go‘daklik  davrining  psixologik  xususiyatlari.  Go‘daklik  davrida  aqliy 

rivojlanish. 1 yoshdagi inqiroz. 

 

  

Maktabgacha  yoshdagi  davrda  aqliy  taraqqiyotning  o‘ziga  xos  xususiyatlari. 



Piaje 

tajribalari. 

Bolaning 

maktabga 

ruxiy 

tayyorgarligi 



muammosi. 

Kommunikativ tayyorgarlik. Kognitiv tayyorgarlik. 6-7 yosh inqirozi.  

  

Kichik maktab yoshi davrining o’ziga xos psixologik xususiyalari. Kichik maktab 



yoshidagi  bolalarning  jismoniy  rivojlanishidagi  o‘ziga  xos  xususiyatlar  va 

anatomik-fiziologik  o‘zgarishlar.  7  yosh  inqirozi:  yuzaga  kelish  sabablari, 

simptomlari. Kichik maktab yoshidagi bolaning etakchi faoliyati sifatida.  

  

O‘smirlik  davri  inson  taraqqiyotidagi  tub  burilish  davri  sifatida.  O‘smirlik 



davridagi  asosiy  fiziologik  va neyrogumoral  o‘zgarishlar.  O‘g‘il  va  qiz  bolalarda 

o‘smirlik  davrida  jismoniy  rivojlanishdagi  farqlar.  Akseleratsiya  va  uning  o‘ziga 

xosligi.  Usmirlik  davrida  kuzatiladigan  asosiy  psixologik  o‘zgarishlar.  Pubertat 

inqirozi. O‘smirlik davridagi shaxslararo munosabatlar.  



 

  

O‘smirlik  davrida  xulq-atvorda  kuzatiladigan  o‘zgarishlar.  O‘smirlik  davrida 



dominant  extiyojlar,  o‘z-o‘zini  tasdiqlashga  bo‘lgan  extiyoj.  Usmirlik  davrida 

o‘zini-o‘zi baxolash dinamikasi va uni tadqiq etish usullari. O‘smirning emotsional 

xususiyatlari. 

O‘smirlik 

davrida 

ijtimoiylashuv 

jarayonining 

uziga 


xosligi.O‘smirlar submadaniyati 

 

  

O‘spirinlik davri inqirozi. Dunyoqarashning kamol topishi.  



 

Yetuklik  davrining  tabaqalanishi.  Erta  etuklik,  o‘rta  etuklik  va  kechki  etuklik 

davrlari.  Etuklik  davrida  yuz  beradigan  asosiy  fiziologik  o‘zgarishlar.  Etuklik 



13 

 

davrida aqliy bilish jarayonlari rivojlanishi masalalari. Ijtimoiy vaziyatning o‘ziga 



xosligi.  Erta  etuklik  davrining  jismoniy,  psixosotsial  va  kognitiv  rivojlanish 

xususiyatlari. «O‘rta yoshlar» inqirozi.  

 

  

 O‘rta  etuklik  davrida  kognitiv  imkoniyatlarning  o‘zgarishi  va  saqlanib 



qolishi.  Salomatlik  masalasi  etuklik  davrining  asosiy  muammosi  sifatida.  Etuklik 

davrida tafakkurning bir maromliligi. Etuklik davrida qadriyatlar tizimi va undagi 

o‘rin almashinishlar.  

  

Gerontopsixologiyaning  fan  sifatida  shakllanishi.  Xozirgi  davrning  asosiy 



ijtimoiy-gerontologik  muammolari.  Keksalik  va  qarish.  Qarilik  davrining 

anatomik-fiziologik  xususiyatlari  va  asosiy  jismoniy  o‘zgarishlari.  Qarilik 

davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari. Qarilik davrida kognitiv   soxaning  

o‘ziga  xosligi.  Qarilik  davridagi intellektual saloxiyatning o‘ziga xosligi. Qarilik 

davrining ijtimoiy muammolari. Emotsional etishmovchilik sindromi. 

  

Gerontopsixologiyada  shaxslararo  munosabatlar  muammosi. Qarilik davrining 



asosiy emotsional xususiyatlari. Moslashuv va yolg‘izlik muammolari. «Yolg‘izlik 

xissi»  kompleksiva  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Qarilarni  ijtimoiy-psixologik 

jixatdan qo‘llab-quvvatlash muammolari. 

 

  



Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi. Uzoq umr ko‘rishning biologik ijtimoiy 

va  psixologik  omillari.  Qariyalar  bilan  psixologik-konsultatsiya  tadbirlarini  olib 

borish  xususiyatlari.  Qariyalar  uyida  psixolog  faoliyati  va  uni  takomillashtirish 

tadbirlarini ishlab chiqish.

 

 

Individuallikni  tadqiq  etishga  bo‘lgan  yondashuvlarning  xilma-xilligi  va 



ularning  tadqiqot  vazifalariga  bog‘liqligi.  Ilmiy  adabiyotlardagi  mavjud 

paradigmalar:  “biologik  va  ijtimoiy”,  “tug‘ma  va  orttirilgan”,  “irsiyat  va  muhit 

bilan  bog‘liq”.  Individuallikni  tadqiq  etishning  o‘qitish  va  tarbiyalash,  kasbga 

yo‘naltirish, konsultatsiya, profilaktika va korreksiya uchun ahamiyati 




Yüklə 454,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin