2. Guruh rahbarining shaxs va jamoani o’rganishi va tarbiyaviy
ishlarni rivojlantirishi.
Guruh rahbari nihoyatda ma’suliyatli va murakkab vazifani bajaradi. U
guruhdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, talabalarning murabbiysi, guruhni
tashkil etadi hamda kamolot tashkilotchilari, o’qituvchilar, oila, keng jamoatchilik
ahli bilan birga ish olib boradi.
So’nggi yillarda guruh rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan
boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda o’quv yurti jamoat
tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ideologik muassasalar sifatida o’quv yurti
oldida muhim tarbiyaviy vazifalar qo’yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir guruh
rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi, shunday qilib, alohida guruh birlashib
o’quv yurtini tashkil etadilar. Alohida guruh jamoalari qo’lga kiritgan ta’lim va
tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o’quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini
minlaydi. Shu nuqtai nazardan guruh rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida
rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. Shunnig uchun o’quv yurti direktorlari guruh
rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni
sevadigan o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri – bu talabaning o’qishga
bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobiliyatini rivojlantirish, kab-hunarga bo’lgan
layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining
bo’lg’usi hayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning salomatligini muhofaza
qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning guruh jamoasi orasida obro’sini
ko’tarish, uz vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish guruh rahbarining bevosita
asosiy vazifasidir.
Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalash jarayonida guruh rahbarining
tashkilotchilik funktsiyasi juda katta ahamiyatga egadir. “Tashkilotchilik”
tushunchasining o’zi keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko’zlab u yoki bu
ishni, tadbiriy choralarni tashkil etish guruh rahbaridan katta malaka va maxsus
mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funktsiyasi bir nechta elementlarga
bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |