Dengiz hayvonot olami vakillari.
Baliq va meduzalarning muayyan turlari, shuningdek dengiz hayvonot olamining boshqa
vakillari qattiq chaqishi yoki sanchishi mumkin. Bunday chaqish yoki sanchish jiddiy
muammoni yuzaga keltirishi, hatto anafilakgik shok, falaj, nafas va yurak faoliyatining
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Meduza kuydirganida yoki dengiz hayvoni nish urganida avval suvdan chiqib olish,
so’ng zararlangan joyni ishqalamay yaxshilab yuvish kerak. Himoya ko’lqopini kiyib,. suv
hayvonining paypaslagachini olib tashlash va 10 hissa suv ,bir hissa xo’jalik ammiagi, sirka
yoki osh sodasidan iborat eritma tayyorlab, zararlangan joyga ko’yish zarur.
Meduza kuydirganida og`riqni qoldirish uchun zararlangan joyga muz qo’yish
yaxshi yordam beradi.
Ilon.
Ilon, odatda, harakatlanayotgan ob`ektga hujum qiladi. Ilon hujum qilganda
uning uzunligining uchdan ikki qismi oddinda va uchdan bir qismi balandda bo’ladi.
Ilonni ko’rib qolganda, asta-sekin orqaga, havfsiz joyga qaytish zarur.
Suvda ilonning hujum qilish zonasi kichikroq bo’ladi, lekin ilon yaxshi suza oladi.
Ilon suvda chaqqanda ham, quruqlikda chaqqandagidek havfli bo’ladi. Ilon eshitmaydi,
biroq vibratsiyadan ogoh bo’lib turadi. Binobarin, agar ilon etib oladigan zonada
bo’lgaeda, qatgiq ovoz chiqarmaslik kerak.
Ilon chaqqanlign belgilari va alomatlari
1.Og`riq (zaharli ilon chaqqan bo’lsa, og`riq chilab bo’lmas darajada bo’ladi).
2.Juft yoki toq tishlangan jarohat.
3.CHaqilgan joyda teri rangining o’zgarishi hamda shishish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
64
4.Holsizlanish, nafas olishning buzilishi.
Dostları ilə paylaş: |