Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/62
tarix28.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#54291
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

 

 

11-BOB 

ZAHARLOVCHI MODDALAR BILAN ISHLASH QOIDALARI 

 

Zaharlovchi  moddalar  bilan  zararlanganda  yoki  unga  shubxa  qilinganda 



himoya  choralariga  qat`iy  rioya  qilish  kerak.  Dala  sharoitida  tortuvchi  ventilyatsiya 

moslamalari,  gaz,  suv  tarmoqlari  va  kanalizatsiya  tizimlarining  yo’qligi  kimyoviy 

tekshirishlar  o’tkazish  uchun  ma`lum  qiyinchilik  tug`diradi.  SHuning  uchun 

tekshirish  o’tkazilayotgan  vaqtda  quyidagi  havfsizlik  texnikasi  qoidalariga  rioya 

qilish zarur:  

1.namuna  bilan  qilinadigan  barcha  operatsiyalar,  ya`ni  ob`ektlardan  olib  kelingan 

namunalar  kuzdan  kechirilayotganda,  ularni  boshqa  idishlarga  solish,  aniq  miqdorni 

olish,  qismlarga  bo’lish  va  boshqa  ishlar  bajarilayotgan  vaqtda  protivogaz,  himoya 

qo’lqopi kiyilgan bo’lishi, fartuk taqilishi kerak;          

2.tahlil  o’tkazilayotgan  joyda  oziq-ovqat,  suv  iste`mol  qilish  va  ularni  saqlashga 

ruxsat berilmaydi.  

3 tahlil o’tkazilayotgan joyda begona kishilarning bo’lishi mumkin emas;   

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

65 


 

4.berk  joylarda,  xandaqlarda,    ish  olib  borilayotgan  vaqtda  vaqti-vaqti  bilan  shu 

joylarni shamollatib turishga harakat qilish kerak, ma`lum vaqtdan so’ng ishlayotgan 

joyning havosi tozaligi indikator naychalari yordamida tekshirib turilishi lozim;  

5.juda ko’p namunalar bilan ishlashga to’g`ri kelib qolganda, ularni zich yopiladigan 

maxsus yashiklarda yoki maxsus ajratilgan joylarda saqlash kerak;  

6.ochiq  joyda  ishlayotgan  vaqtda  tekshirish  ishlarini  o’tkazayotgan  kishi  shamol 

esadigan  tarafda  turib  ishlashi  kerakki,  esgan  shamol  zaharlovchi  modda  bug`larini 

boshqa tomonga olib ketishi uchun;  

7.tahlil  o’tkazib  bo’lgandan  so’ng  namuna  qoldiqlari,  laboratoriya  idishlari  va 

apparatlar ichida qolgan narsalar mahsus tayyorlangan joyga ko’milishi kerak;  

8.asboblar,  ishlatilgan  maxsus  jihozlar  va  boshqalar  zaharlovchi  moddaning  turiga 

qarab degazatsiya qilinadi;  

9.tahlil  ishlarini  olib  borgan  kishi  ish  tugagandan  so’ng  sanitariya  ishlovidan  o’tishi 

kerak. 

   Dala sharoitida suvni degazatsiya va dezaktivatsiya qilish uchun muhandislar 

xizmati  bo’limi  tabelidagi  filtrlar:  MAFS-6000—bir  soatda  6000  litr  suvni 

tozalaydigan mexanizatsiyalashgan avtofiltrlash stantsiyasi va TUF-200 — bir soatda 

200 litr suvni tozalaydigan to’qima-ko’mir filtrdan foydalaniladi (5-jadval). 

 

www.ziyouz.com kutubxonasi




 

66 


 

5-jadval. 




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin