“Ajurli arra”.―Ajurli arra‖(faransuzcha ―ajour‖ – bir yoqdan ikkinchi yoqqa
o‗tgan, ikki tomoni ochiq)
80
muayyan, murakkab, yaxlit holdagi mavzularni
qismlarga ajratish orqali mohiyatini yoritib o‗quvchilarga tushuntirish imkonini
bergani uchun gap bo‗laklari mavzusini umumiy holda takrorlanganda qo‗l
keladi(masalan, 9-sinf Ona tili takrorlash qismida). ―Ajurli arra‖ metodi tuzilishi
jihatdan o‗zida quyidagi bosqishlarni qamrab oladi:
1.
Torshiriqlarni bo‗lish: ―Torshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy
qismlarga (yoki mavzular)ga qirqiladi‖.
2.
Birlamchi guruhlari: ―Har bir guruh a‘zolari qirqilgan mavzuni oladilar va
ekspertga aylanadilar‖.
3.
Ekspert guruhlari: ―Qo‗lida bir mavzuga oid o‗quv torshiriqlari mavjud
bo‗lgan o‗quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‗rgatish rejasini
egallash ushun ekspert guruhlarga birlashadilar‖.
4.
Birlamchi guruhlar: ―O‗quvchilar o‗zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar
va ekspert guruhlarda o‗rganganlarini o‗qitishadi‖
81
.
Topshiriq quyidagicha yo‗sinda amalga oshiriladi:
1.Topshiriqlarni bo‗lish: tashkiliy qism, o‗quvchilarni guruhlash(to‗rt guruhga
bo‗linishadi) va nomlash amalga oshirilib, O‗.Hoshimovning ―Dunyoning ishlari
asari‖dan ―Ikki afsona‖ novellasining matni olinadi va 2 guruh uchun 2 qismga
ajratiladi. Ch.Aytmatovning ―Oq kema‖da keltirilgan bolaning 2 ―hikoyasi‖ni 2
guruh uchun 2 qismga ajratiladi. Guruhlarga tarqatiladi:
80
Musayeva M., Boymurodova G., Otaboyev A., Po‗latova D. Ta‘lim jarayonida qo‗llaniladigan interfaol metodlar.
– T., 2016. 55-b.
81
Abdullayeva M. O‗zbek tili va adabiyotini o‗qitish texnologiyalari va loyihalashtirish . Ma‘ruzalar matni. – T.,
2017. 109-b.
62
1-guruh: ―Oftob‖ ertagi,
2-guruh: ―Obkash‖ ertagi,
3-guruh: ―Ona bug‗u‖ertagi,
4-guruh: bolaning ertagi.
2. Birlamchi guruhlari: Har bir guruh uchun bir afsona beriladi. Guruhlar matn
bilan tanishadilar. Bitta oq qog‗ozga unda yoritilgan g‗oyalarni guruh a‘zolari
birin-ketin yorita boshlaydilar. Guruh umumiy xulosaga keladi. Endilikda matn
ustidagi amaliy topshiriqni bajarishlari lozim bo‗ladi: a) bir o‗quvchi matndagi
egalarni sintaktik tahlil qilsa, b) ikkinchi o‗quvchi esa kesimlarni sintaktik tahlil
qilsa, d) uchinchi o‗quvchi esa ularga biriktirilgan holda bosh bo‗laklarni umumiy
tahlil qiladi, ularning turi, tuzilishi kabi, e) yana bir guruh vakili gaplardagi
to‗ldiruvchilarni, boshqasi hollarni , yana birisi aniqlovchilarni tahlil qilib, ma‘no
turi va tuzilishini o‗rganadilar, g) so‗nggi guruh vakili matndagi nomustaqil gap
bo‗laklarini aniqlab, qaysi bo‗lakning bo‗lagi ekanligini aytadi. Har bir guruh
uchun topshiriq xuddi shu tarzda beriladi va ular ekspertga aylanadilar.
3. Ekspert guruhlari: ―Qo‗lida bir mavzuga oid o‗quv torshiriqlari mavjud bo‗lgan
o‗quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‗rgatish rejasini egallash
ushun ekspert guruhlarga birlashadilar‖. Masalan, matndagi hollarni, ularning
ma‘no turi va tuzilishini tahlil qilish vazifasi zimmasiga yuklatilgan o‗quvchilar bir
ekspert guruh bo‗lib shakllanadilar. Bunda o‗zaro g‗oyalarni almashishadi,
matnlarda aks etgan voqealar va ulardagi ilgari surilgan g‗oyalar taqqoslanadi.
4. Birlamchi guruhlar: ―O‗quvchilar o‗zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar
va ekspert guruhlarda o‗rganganlarini o‗qitishadi‖
82
.
5. Bu bosqichda guruhdan vakil chiqib(bu, odatda, guruh tomonidan tayinlangan
sardorlar bo‗lishi mumkin) o‗z guruhining amalga oshirgan ishidan hisobot beradi.
6. Guruhlarga ―Sizga berilgan matnga o‗xshatma tarzda matn yarating‖ topshirig‗i
beriladi. Bunda o‗quvchilarning ijodkorlik salohiyati ruhlantirish ko‗zda tutiladi.
82
Abdullayeva M. O‗zbek tili va adabiyotini o‗qitish texnologiyalari va loyihalashtirish . Ma‘ruzalar matni. – T.,
2017. 109-b.
63
Hozirgi kunda dars jarayonini jonli tarzda o‗tkazish, unda ta‘limiy,
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni o‗quvchilarga to‗laroq yetkazish uchun
qisqa, sodda, mazmunli interfaol metodlar ham qo‗l kelmoqda. Garchand o‗yin
singari tuyulsa-da, o‗quvchilarning faolligini ta‘minlab bera oladi. Ham dars
―jonli‖ ruhda o‗tadi, ham bilimlar egallanadi yoki mustahkamlanadi, ham
o‗quvchilarning kayfiyatiga ijobiy ta‘sir qiladi, o‗quvchilarning darsdan
―bezimasligi‖ga erishiniladi. Masalan, ―Grammatik yo‗qlama‖, ―Raqiblar bahosi‖,
―Tezkor savol-javob‖, ―Muzyorar‖, ―Har kimga har kim o‗rgatadi‖kabi.
“ Kichik esse”
Kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo‗lgan ushbu metod
o‗quvchilarning biror masala, fikr yuzasidan shaxsiy tassurot va tasavvurlarni
ifodalashga xizmat qiladi:
Esseda murakkab aniqlovchilar va iqtiboslardan keltiring.
Bu metod o‗quvchilarni ham fikrlashga ham grammatik qoidalar va nazariyalarni
amaliyotda qo‗llashga o‗rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |