partiyadan namlik necha % bo’lishidan qat’iy nazar 1 ta 40 gr namuna olinadi.
Quritish asbobinig yuqorigi va pastki plitalari (quritish) orasidagi issiqlik
(195±2
0
C quritish plitalarining orasi 3,7 ± mm ish sikli 5 min ± 10
0
C quritishda
issiqlikni boshqarish avtomatik bajariladi.
Namunani priborga qo’yishdan oldin, priborni ishga tayyorligini tekshirib
ko’ramiz. Analizlar boshlanishidan 30-40 min oldin asbob elektr tarmog’iga ulanib,
«Norma» degan ishchi holatiga kelgan bo’lishi kerak (195± 2) C
0
.
Olingan namuna bir xil qalinlikda mis plastinkaga yoyib qo’yiladi, priborning
qopqog’i dastasidan ehtiyotkorlik bilan ushlash yo’li bilan yopiladi.
«Quritish» (sushka) tugmasi bosilib, pribor ishga tushiriladi 5 minutdan so’ng
«sushka» chirog’i o’chib, signal chalinadi. Priborning dastasi yordamida qopqoq
ochilib namuna byuksga solinadi va qopqog’i yopilib tortiladi. Tarozining yo’l
qo’yilish xatoligi 0,02 gr dan oshmasligi kerak.
|