11.Burchaklar metodi.
Burchaklar metodidan foydalanish yo’li quyidagicha: 4 ta burchakka mavzuga doir 4
ta jihoz qo’yiladi. O’quvchilar raqamlanadi. 1,2,3,4 deb. Guruhlar tashkil etilgandan so’ng
1 guruh 1 deb qabul qilingan burchakka boradi va hokazo 4 guruh deb qabul qilingan
burchakka boradi. Burchaklardagi jihozlarni olib ular haqida fikr almashadilar va taqdim
qiladilar. Jihozlarga qarab o’zlariga nom tanlaydilar. Dars mavzusiga qarab burchaklarga
fizikning rasmi, asbob- anjomlar,matbuot materiallari, kompyuter texnikasini qo’yish
mumkin. Yuqorida yozilganimizdek guruhlarga ajratgandan so’ng o’quvchilar
burchaklarga borib qo’yilgan muammoni hal qiladilar. Bunga 5-10 daqiqa vaqt beriladi.
Vaqt o’tgandan so’ng taqdimot o’tkaziladi. Kompyuter texnikasi oldiga borgan
o’quvchilar shu mavzuning elektron versiyasini o’rganib o’quvchilarga taqdim qilishlari
lozim.
Dostları ilə paylaş: |