Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Nuqtai nazaring bo’lsin metodi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

21.Nuqtai nazaring bo’lsin metodi. 

Bahs  (Debat)    o’tkazish    vaqtida    o’quvchi  o’z  nuqtai  nazarida  qolishga  to’la 

haqlidir. 

22.Mustaqil ish metodi. 

Bu  metoddan  darslarda  juda  ham  keng  foydalaniladi.  O’quvchining  masala 

yechishi,  laboratoriya  ishini  bajarishi,  esse  yozish,  o’z  taxminlarini,  bilganlarini  

yozishi  va   hokazolar   o’quvchining mustaqil ishi faoliyatidir. 



23.Matbuot materiallardan foydalanish. 

Har  bir  darsda  o’qituvchi  qo’shimcha  materiallardan  va  matbuot 

materiallaridan  foydalanishi  lozim.    Masalan:    2005  yil    "Fizika,matematika, 

informatika"    ilmiy  -  uslubiy  jurnalining  1  sonidan  foydalanish  mumkin.  Unda 

quyidagi maqolalar chiqgan. 



 

27 


"Issiqxona" effekti xavflimi? 

"Moddalarning plazma holati" 

"Elektron darsliklar - masofaviy o’qitish asosi sifatida". 

I.Karimovning  2005  yil  28  yanvarda  "O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo'shma  majlisida  "Bizning  bosh  maqsadimiz 

jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizasiya  va  isloh 

etishdir" ma'ruzasidan foydalanib tuzilgan masalalardan 

darslaringizda yechish  tavsiya etiladi. 

1  masala  Amudaryo  uzra  uzunligi  681    metrlik    zamonaviy    avtomobil 

koprigidan  yengil   avtomobil   60   km/soat   tezlik   bilan  tekis  harakatlanib o’tgan 

bolsa,  u koprikdan  qancha  vaqtda  o’tgan? Avtomobilni moddiy nuqta deb oling.  

2-masala  Amudaryo  uzra  uzunjigi  681    metrlik    zamonaviy    avtomobil 

ko'prigidan yengil avtomobil 42 sekundda o'tgan bo'lsa, u ko'prikdan qanday tezlik 

bilan harakatlanib o'tgan?  

3-masala 2005 yilda  ishga  tushirilgan  Amudaryo  uzra  zamonaviy avtomobil 

ko'prikdan    yengil    avtomobil    42  sekundda  16,215  m/s  tezlik  bilan    tekis   

harakatlanib   o'tgan   bolsa,   ko'prik uzunligini aniqlang? 

4-masala  2005  yilda    ishga    tushirilgan  Amudaryo  uzra  uzunligi  681  metrlik 

zamonaviy  temir  yo'l  ko'prigidan  72  km/soat  tezlik  bilan  tekis  harakatlangan  

poyezd  temir  yo'l  ko'prigidan  qancha  vaqtda  o'tgan?  Poyezdning  uzunligi  120 

metrga teng.      

5-masala  Poyezd  Amudaryo  uzra  uzunligi  681  metrlik  zamonaviy  temir  yo'l 

ko'prigidan  40  sekundda o'tgan bo'lsa,u qanday tezlik bilan harakatlangan? Poyezd 

uzunligi 120 metrga teng. 

6-masala    Poyezd 2005   yilda   O'zbekistonda   ishga   tushirilgan Amudaryo 

uzra    qurilgan    zamonaviy    temir    yo'l  ko'prigidan  72  km/soat  tezlik    bilan    40   

sekundda   o'tgan   bo'lsa,ko'prik uzunligini aniqlang? Poyezd uzunligi 120 metrga 

teng. 


7-masala  2005  yilda  ishga  tushirilgan  yangi  Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on 

temir    yo'l  magistrali  Toshguzar-Dehqonobod  uchastkasining    uzunligi  57  kmdan 

iborat. Poyezd qancha vaqtda shu masofani 20 m/s  tezlik  bilan  tekis harakatlanib 

o'tadi. Poyezdni moddiy nuqta deb hisoblang. 

8-masala  2005  yilda  O'zbekistonda  ishga  tushirilgan  Toshguzar-Boysunning 

uzunligi  57  kmga  teng.    Poyezd    yo'lining  shu  qismini  47,5  minutda  bosib  o'tgan 

bo'lsa,uning tezligini aniqlang. 

9-masala  O'zbekistonda  2005    yilda    ishga      tushirilgan      Toshkent  Boysun  -

Qumqo'rg'on  temir  yo'l  magistrali  Toshguzar-Dehqonobod  uchastkasini  poyezd  72 

km/soat tezlik bilan 47,5 minutda bosib o'tgan bo'lsa,yo'lning uzunligi qancha? 

10-masala Toshkent-Samarqand yo'nalishi   bo'yicha   elektr  poyezd 5soatdan 

so'ng manzilda bo'ladi.  Agar elektr  poyezd  350  km masofani o'tgan bo'lsa,elektr 

poyezdning tezligini toping. 

11-masala 

Samarqand-Toshkent  yo'nalishi      bo'yicha    elektr    poyezdi  70km/soat  tezlik 

bilan  350  km  masofani  bosib  o'tsa,qancha vaqtda manzilga borib yetadi. 




 

28 


12-masala Uzunligi 681`metr   bo'lgan   Amudaryo   uzra   qurilgan ko'prikdan 

velosipedchi  8  m/s  tezlik  bilan  harakatlanib  o'tsa,  qancha  vaqtdan  so'ng  daryo 

sohilidan o'tadi? 

13-masala  Traktor  2,5m/s  tezlik  bilan  Amudaryo  Uzra  uzunligi  681  m  lik 

avtomobil  ko'prikdan  o'tgan.  Ikki  sohil  orasidagi  masofani  traktor  qancha  vaqtda 

bosib o'tadi? 

14-masala    Amudaryo uzra  uzunligi 681 metrlik ko'prikdan avtomobil 15 m/s 

tezlik bilan  bosib  o'tdi.  Avtomobil  qolgan  qismini 17sda bosib  o'tdi.  U  butun  

yo'l  davomida  qanday o'rtacha tezlik bilan harakat qilgan? 

15-masala      Poyezd  Toshguzar-Dehqonobodgacha  bo'lgan  57km  masofaning 

yarmini 25m/s tezlik bilan bosib o'tgan. Poyezdning butun yo'l davomidagi o'rtacha 

tezligini toping. 

16-masala      Avtomobil  Amudaryo      uzra      uzunligi      681      m      bo'lgan 

ko'prikdan 54   km/soat   tezlik    bilan   tekis  harakatlanib o'tdi.Uning ko'prikdan 

o'tish vaqtini aniglang. 

     17-masala      Otliq  Amudaryo  uzra  uzunligi  681  m  bo'lgan  ko'prikdan  4m/s 

tezlik  bilan  harakatlangan.  Ko'prikdan  qancha  vaqtda o'tgan? 

18-masala      Ikkita  otliqdan    biri    Amudaryo    uzra    uzunligi    681m  bo'lgan 

ko'prikni  45  s davomida,ikkinchisi esa 50 s da bosib otdi.Otliqlar qanday o'rtacha 

tezlik bilan harakatlangan? Tezliklarni taqqoslang. 

19-masala      Toshguzar-Dehqonobod  uchastkasida    harakatlanayotgan    poezd 

tezligini  20    s    da    72    dan      54km\soat      gacha      kamaytirdi.  Tezlikning  vaqtga  

bog'lanish  formulasi Vx(t) ni yozing va bu bog'lanish grafigini chizing. 

20-masala      Amudaryo  uzra      uzunligi    681    m    bo'lgan    ko'prikdan  AB 

yo'nalish  bo'yicha  54  km/soat  tezlik  bilan  mototsiklchi  yo'lga  chiqdi.  Xuddi      shu   

paytda      ko'prik    oxiridan    (B    punktga)  mototsiklchining  harakat    yo'nalishida  

5m/sek    tezlik      bilan  velosipedchi  ham  harakat  qila  boshladi.    Amudaryo 

ko'prigining boshidan qanday  masofada  mototsiklchi  velosipedchini  quvib yetadi.  

Mototsiklchi va velosipedchini moddiy nuqta deb oling.     


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin