namoyon bo‘lishi, irodani esa ongsiz ko‘rko‘rona intilish tarzida tushunadi. Mahpuqotlarning
instinktlari, xatgi-harakatlari — irodaning namoyon bo‘lishidir. Inson faoliyati ham aqpdan
13
begona bo‘lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irratsional asosga ega. Aql
esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda g‘ildiragiga bog‘likdir.
Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nisshe (1844—1900)
fikricha, “borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo‘lgan irodadir.” Nisshe
inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlikning birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi.
Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini
o‘rganib yaratgan “Zardusht tavallosi” asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilgan.
U o‘z ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir bo‘lgan irodasi kuchli shaxslarni
tarbiyalash tarafdori bo‘lgan. Nisshening sivilizatsiya va madaniyatning so‘nishi va barqam
topishi to‘g‘risidagi g‘oyasiga asoslanib, 1918 yilda G.Shpengler “Yevropaning so‘nishi” degan
asarini yozadi. O‘tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg‘unlikdan chiqishning
yo‘lini G‘arbda mumtoz falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda ko‘rdilar. Shu
zaylda “Orqaga. Kantga” shiori ostida neokantchilik, “Orqaga, Gegelga” shiori ostida esa
neogegelchilik paydo bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: