1) buralma dislokatsiya
2) uzilma dislokatsiya
Kuchsiz tektonik harakatlar natijasida tog' jinslarinig qavatlari buzilmasdan
shaklini o'zgarishiga buralma dislokatsiya deyiladi. Ularga misol: antiklinal
(tog’lar hosil bo'ladi)
, sinklinal (daryo vodiylari hosil bo'ladi) kiradi.
Kuchli tektonik harakatlar natijasida uzilma dislokatsiyala hosil bo’ladi. Ularga
misol: uzilma, ko’tarma , siljish, siljiq, do’nglik, o’pirilmalar kiradi.
G.F.BellEngineering Geology, 49-bet
Uzilma natijasuda hosil bo’lgan yoriqlar tektonik yoriqlar deyiladi. Bu
yoriqlarning kengligi 1 smdan bir necha yuz, ming metrgacha boradi
.
Bu yoriqlar tog’ jinslarining nuragan mahsuloti bilan to’lib qolishi, ularda yer osti
suvlari paydo bo’lishi mumkin.
Nazorat savollari:
1.
Tektonik harakatlarning qanday sodir bo’lish sabablarini bilasiz?
2.
Buralma dislokatsiya va uzilma dislokatsiyalarninig bir- biridan farqi?
3.
Tektonik yoriqlarning ahamiyati?
4.
Tektonika fani nimani o’rgatadi?
5.
Dislokatsiya nima?
G.F.BellEngineering Geology, 58-bet