1.2. Davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari
O‘zbekistonda davlat xaridi sohasidagi munosabatlar bir qator me’yoriy-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun hujjatlarining davlat xaridi
sohasini qamrab olish darajasini aniqlashtirish maqsadida ularni ikki guruhga
ajratgan holda izohlashni lozim deb topdik:
- davlat xaridiga doir umumiy qonunchilik;
- davlat xaridiga doir maxsus qonunchilik.
Davlat xaridiga oid umumiy qonunchilikka munosabatlarning ancha keng
sohasini tartibga solish uchun qabul qilingan, ammo ma’lum bir qismi (bob,
modda) yoki tartibga solinayotgan munosabatlarning muayyan tarmog‘i davlat
xaridiga taalluqli bo‘lgan qoidalarni belgilab beruvchi qonun hujjatlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to‘g‘risida”gi va 2018-yil 9-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari to’g’risida”gi
Qonunlari hamda boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar davlat xaridining
umumiy qonunchiligini shakllantiradi.
Davlat xaridiga doir maxsus qonun hujjatlariga aynan davlat xaridiga
tegishli munosabatlarni umumiy yoki qisman tartibga solish uchun qabul qilingan
me’yoriy-huquqiy hujjatlar taalluqlidir. Davlat xaridini tartibga soluvchi maxsus
qonunchilik tarkibini quyida batafsil ko‘rib o‘tamiz. Bundan keyingi o‘rinlarda
davlat xaridi sohasidagi qonunchilik deyilganda ushbu sohadagi maxsus qonun
hujjatlari nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda davlat xaridiga doir qonunchilik tizimini shartli ravishda
ikki bosqichga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va
korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada
14
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3237-sonli Qarori qabul qilunguncha amal
qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar davlat xaridi qonunchiligining birinchi
bosqichiga kiradi. Mazkur qaror bilan davlat xaridi qonunchiligining ikkinchi
bosqichi boshlandi.
Birinchi bosqichda amal qilgan asosiy hujjatlardan biri davlat xaridi
tizimining tender savdolari qismini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Tender savdolarini
tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 456-sonli Qarori
hisoblanadi. Qaror bilan Xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-
uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom
tasdiqlandi. Mazkur Nizom:
- O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlariga
muvofiq tashkil etilgan boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar;
- donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar
bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati tomonidan tuzilgan
shartnomalar doirasida beriladigan xorijiy grantlar;
- O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar
hisobiga moliyalashtiriladigan import qilinadigan va O‘zbekiston Respublikasida
ishlab chiqarilgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-
uskunalarni xarid qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazishni tashkil etish
mexanizmini belgilab beradi.
4
Davlat xaridi qonunchiligining birinchi bosqichidagi keyingi muhim hujjat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi “Kapital
qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
302-son qarori bo‘lib, bu qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital
qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom kapital
Dostları ilə paylaş: |