Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/68
tarix09.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#55010
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Mamatkulov Anvar Baxtiyarovich Milliy-1

                                           

4

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil  21-noyabrda  qabul  qilingan 



“Tender  savdolarini  tashkil  etishni  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  456-sonli 

Qaroriga  ilova:  Xomashyo,  materiallar,  butlovchi  buyumlar  va  asbob-uskunalarni  xarid  qilish 

bo'yicha tender savdolari o'tkazish to'g'risidagi Nizom.

  



15 

 

qurilish bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar 



xarid  qilish,  asbob-uskunalar  sotib  olish  yuzasidan  tanlov  savdolari  (tenderlar)ni 

tashkil etish va o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.

5

  

Birinchi  bosqichning  keyingi  davrlarida  davlat  xaridini  tashkil  etishda 



ustuvor  yo‘nalish  sifatida  xarid  jarayoniga  elektron  savdolarni  joriy  qilish  hamda 

kichik biznes  subyektlarining  davlat xaridlaridagi  ishtirokini  kuchaytirishga urg‘u 

berildi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011-yil  7-fevraldagi  “Davlat 

xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni 

kengaytirish  to‘g‘risida”gi  1475-sonli  Qarori  ushbu  yo‘nalishda  amalga 

oshiriladigan ishlarga dastlabki tamal toshini qo‘ydi.  

Bu  qarorda  davlat  xaridlarini  amalga  oshirishning  kichik  biznes  sub'ektlari 

uchun  ajratiladigan  kvotalar  o‘rnatilishini  o‘z  ichiga  olgan  yangi,  yanada 

mukammal, ochiq va oydin mexanizmi kiritilishi belgilab berildi. Bundan tashqari, 

ro‘yxati davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan (bugungi kunda 

tugatilgan)  belgilanadigan,  har  bir  shartnoma  bo‘yicha  narxi  300  dan  100  ming 

AQSh  dollari  ekvivalentidagi  alohida  turdagi  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  bo‘yicha 

davlat  xaridlari  Respublika  tovar-xomashyo  birjasi  tomonidan  tashkil  etiladigan 

elektron savdolar vositasida amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib o‘rnatildi.   

Davlat  xaridi  huquqiy  asosiga  doir  yana  bir  muhim  hujjat  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2013-yil  11-iyundagi  “Davlat  va  korportiv 

xaridlar 

jarayonini 

takomillashtirishga 

doir 


qo‘shimcha 

chora-tadbirlar 

to‘g‘risida”gi  166-sonli  Qarori  bo‘lib,  bu  qarorning  2-ilovasi  bilan  O‘zbekiston 

respublika tovar-xom ashyo birjasida elektron xaridlarni tashkil etish va  o‘tkazish 

tartibi  to‘g‘risidagi  Nizom  tasdiqlandi.  Mazkur  Nizom  O‘zbekiston  respublika 

tovar-xom  ashyo  birjasida  boshlang‘ich  narxni  pasaytirish  yuzasidan  elektron 

xaridlarni auksion savdolar shaklida tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

6

  




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin