22
3-rasm. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari
16
Mazkur Qonun bilan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda davlat
buyurtmachisining maxsus axborot portali operatori bilan va maxsus axborot
portali operatorining ishtirokchi bilan muzokaralar olib borishi taqiqlangan
1-bob bo‘yicha xulosa
Davlat xaridi davlatning o‘z zimmasiga olgan vazifa va funksiyalarini
amalga oshirish jarayonidagi eng muhim zvenolardan biri bo‘lib, davlat va jamiyat
o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarning moddiylashgan shakli
sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni davlat xaridi davlat tomonidan amalga oshirilgan
vazifa va funksiyalarining moddiy natijasini ko‘rsatuvchi instrument sifatida
jamiyat ehtiyojlarining yetarli darajada qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo bugungi kunda davlat xaridiga nafaqat davlatning ijtimoiy vazifalarini
sifatli bajarilishini ta’minlovchi vosita sifatida, balki iqtisodiyotni rivojlantirishga
stimul beruvchi o‘ziga xos mexanizm sifatida qaraladi. Chunki iqtisodiy qonunlar
asosida samarali tashkil etilgan davlat xaridi tizimi mamlakat tadbirkorlari uchun
juda yirik va keng assortimentli talabga ega bo‘lgan bozorni vujudga keltiradi.
Shuning uchun davlat xaridini davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga
oshirishning, tabir joiz bo‘lsa, “bir o‘q bilan ikki quyonni ovlash” imkonini
beruvchi quroli sifatida e’tirof etish mumkin.
O‘zbekistonda ham davlat xaridi tizimini takomillashtirishga hamda
iqtisodiyotni
rivojlantirishda
ushbu
tizimning
barcha
imkoniyatlaridan
foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat xaridining mustahkam
huquqiy bazasini yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi
qonunchilik davr talabidan kelib chiqqan holda davlat xaridi jarayoniga yangi
yondashuvlarni joriy qilish asnosida doimiy ravishda takomillashib bordi. Bugungi
kunda ushbu sohada kardinal o‘zgarishlar yuzaga keldi. Qabul qilingan yangi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amaldagi ko‘pgina tartibotlar bekor qilindi
Dostları ilə paylaş: