O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonuni asosida muallif
23
hamda ushbu tizimni takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlar qo‘yildi.
Ammo mazmunan davlat xaridi tizimining bugungi holati yangi bosqichga o‘tish
jarayoni hisoblanadi.
2-BOB. O‘ZBEKISTONDA DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING
AMALDAGI HOLATI TAHLILI
2.1. Davlat xaridlarini amalga oshirishda elektron savdolardan
foydalanish hamda ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilish holati tahlili
Davlat xaridini tashkil etishning bugungi kundagi usuvor yo‘nalishi mazkur
jarayonda internet va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda belgilab olingan bir qator muhim vazifalarning
sezilarli natijalarini hozirgi vaqtda xarid jarayonlarida elektron savdolardan
foydalanishning ahamiyati oshgani ham tasdiqlaydi. Davlat xaridi tizimida
elektron savdolarni joriy qilish bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bu afzalliklar uni
joriy qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni kompensatsiyalaydi.
“Zamonaviy tarmoq texnologiyalaridan davlat xaridini tashkil etishda
foydalanish, xaridni qog‘ozli hujjat aylanmasiga asoslangan an'anaviy tarzda
tashkil etishga nisbatan bir qancha yutuqlarga ega. Tanlov hujjatlarini “qog‘ozli”
tashkil etish, tanlov haqida matbuotda e'lon nashr etish, tovar etkazib beruvchilar
bilan muloqot, tanlovga ishtirok etish uchun arizalarni to‘plash kabi
texnologiyalarni ideal tarzda tashkil etilganda ham, ushbu jarayon davlat
buyurtmachisidan ancha kuch va vaqt talab etadi. Agar hujjatlarga tuzatish va
aniqlik kiritish talab etilsa, unda barcha jarayonlarni deyarli boshdan qayta
boshlash kerak bo‘ladiInternet-texnologiyalarni joriy etish, savdoni o‘tkazishga
tayyorgarlik jarayonlarini va tanlov savdolarini samaradorligini sezilarli darajada
oshiradi, tanlovga ishtirok etishni soddalashtirish va uning shaffofligini oshirish
hisobiga tovar va xizmatlar yetkazib beruvchilar sonini ortishiga olib keladi”.
17
Dostları ilə paylaş: