Gripp virusining va xususiyatlari hamda tarqalishi: aksirganda,
yo‗talganda va gapirganda havoda tarqaladigan suyuqlik tomchilari orqali bo‗ladi
(22-rasm). Gripp virusi – bronxit, plevrit kabi ―ikkilamchi kasalliklarga‖ yo‗l
ochib beradi.
Morfologik va kultural xususiyatlari. Gripp virusi sharsimon shaklli,
tovuq embrionida va to‗qimalar kulturasida o‗sadi.
Antigenlik xususiyatlari va tipi. Antigenlik xususiyatiga ko‗ra gripp
virusi 4 tipga (A, B, C, D) bo‗linadi. Gripp virusining antigeni eruvchan
xususiyatga ega. Bu antigen uzoq saqlanadi, u 100ºC da parchalanib ketadi (Y.
Ahmadjonov, 1964). Bu antigen ribonukleoproteiddan iborat bo‗lib, virusning
tipiga spetsifikdir, lekin virusning antigenlik xususiyati o‗zgarib turadi. Agar
gripp virusini kuchsizlantirib, u bilan immunizatsiya qilinsa, organizmda immun
modda - antitelolar hosil bo‗ladi. Immun modda kasallik natijasida virusning
eriydigan qismi - antigeniga qarshi hosil bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |