Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/115
tarix13.04.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#55258
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115
fayl 2050 20211104

 Patogenligi  va    patogenezi.  Gripp  virusi  oq  sichqon,  oq  kalamush  va  oq 

sassiq  ko‗zanga  patogendir.  Bu  hayvonlarning  nafas  yo‗llarini  shikastlaydi.  Bu 

virus yumronqoziq va boshqa hayvonlarga osonlik bilan o‗tadi.  

 Grippni qo„zg„atuvchi pnevmotrop virus odamga havo bilan yuqori nafas 

yo‗llaridan  kirib,  shilliq  pardada  ko‗payadi  va  u  erdagi  silindrik  epiteliy 

hujayralarini  nekrozlantirib  nobud  qiladi,  ayni  vaqtda  virus  butun  organizmni 

ham zaharlaydi. Keyin virus nafas yo‗lining boshqa qismlariga yoyilib, bronx va 

alveolalarga etib borishi mumkin. 

 Klinik belgilari. Grippda inkubatsion davr ko‗pincha 2-10 soat (ba‘zan 48 

soat va undan ko‗p ham bo‗lishi mumkin) davom etadi.  

Kasallik  simptomlari  og‗ir  zaharlanish  va  nafas  yo‗llarini  yallig‗lanishi, 

odatdagi  tipik  holatlarda  kasallik  10  kunda  va  undan  ortiqroq  kunda  o‗tadi  va 

to‗la  tuzalib  oyoqqa  turishi  bir  oyga  cho‗ziladi.  Bolalarda,  yoshi  katta  va 

surunkali  kasallar  bilan  og‗rigan  odamlarda  gripp  o‗pka,  bosh  miya  va  yurak 

musullarida asorat berishi mumkin. Grippning og‗ir o‗ta yuqori toksik holatlarida 

(gipertoksik) qon ketishlar, miya, yurak va ichki organlarning ishlari buziladi va 

letal  holatga  olib  kelishi  mumkin.  Kasallikning  asosiy  klinik  belgilari  rasmda 

keltirilgan (19-rasm). 

 

Yuqorida aytilganidek, virus, odatda, kasal odam yo‗talganda, aksirganda, 



havoga  sachragan  tupuk  zarrachalari  vositasida  yuqadi.  Shu  bilan  birga  bemor 

qattiq isitmalaydi, boshi og‘riydi. Ayniqsa, ko‗z kosachasi atrofida og‗riq bo‗ladi, 

tana qaqshaydi, kasal darmonsizlanadi, yo‗taladi. Tumov belgilari paydo bo‗ladi 

va  ba‘zan  kasalning  ovozi  birqadar  bo‗g‘iladi,  ishtahasi  pasayib,  og‘iz  mazani 

ajrata  olmaydi.  Qonda  leykopeniya  bo‗lishi  grippning  doimiy  belgisidir. 

Kasalning  muhofaza  kuchlari  pasaygani  uchun  organizmdagi  normal  va  shartli 

patogen  mikroflora  faollashib,  bir  qator  qo‗shimcha  infeksiyalar  aralashadi. 

Ko‗pincha  bronxit,  sinusit,  pnevmoniya  va  boshqa  infeksiyalar  ro‗y  berishi 

mumkin. 

 



 

 

77 



 

 

 




Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin