Nazariy ma‟lumot:
Mikrobiologiya amaliyotida bakteriya hujayralarini Gram bo‗yicha
differentsial bo‗yash usuli keng tarqalgandir.
Bu usulda bo‗yash 1884 yili daniyalik olim X. Gram tomonidan
kiritilgan va o‗sha davrdan boshlab diagnostika belgisi sifatida ishlatiladi.
Bakteriyalar grammusbat (Gram
+
) grammanfiy (Gram
-
) deb farqlanadi.
Grammusbat bakteriyalarni gensianviolet bo‗yog`i bilan bo‗yab, ba'zi
moddalar bilan ishlov berib (protravlivanie), so‗ngra 96
°
etanol bilan ishlov
berilsa, binafsha rang saqlanib qoladi. Grammanfiy bakteriyalarda esa,
gensianviolet bilan bo‗yalsa ham, etanol ta'sir etganda rangsizlanib qoladi.
Ularni qo‗shimcha birorta bo‗yoq masalan, fuksin bilan bo‗yash mumkin.
Shunday qilib, Gram usulida bo‗yashning bosqichlarini amalga oshirgandan
so‗ng, grammusbat bakteriyalar binafsha rangga, grammanfiylari esa - qizil
rangga bo`yaladi.
Qator mualliflarning tadqiqotlari shuni ko‗rsatadiki, Gram
+
va Gram-
bakteriyalar faqatgina bo‗yashda farqlanmasdan, balki ba'zi antibiotiklarni
(penitsillinga) ta'siriga, sulfamid preparatlarini, lizotsimni, proteolitik
fermentlarni va boshqalarni ta'sirlariga bo‗lgan sezgirliklariga qarab ham
46
farqlanadi. Yana aniqlanishicha, Grammusbat bakteriyalar 1% NaOH da
erimaydi. Grammanfiy bakteriyalar esa to‗la erib ketadi.
Hozirgi vaqtda ko‗pgina mualliflar Gram bo`‗yicha bo‗yalgan
bakteriyalarni bu xususiyatlarini hujayra devorini molekulyar qurilishi va
kimyoviy tuzilishiga bog`lashmoqda.
Gram usulida bo‗yash sxemasi:
1. Saccharomyces serevisiae (Achitqilar) - (Grammusbat);
2. Pseudomonas melochlora - (Grammanfiy);
3. Tadqiqot qilanadigan kultura - (Gram X)
Odatda Gram usulida bo‗yaladigan hujayralar yosh, ko‗pincha bir
sutkalik kulturalar bo‗ladi, chunki bo‗yoqni tutib qolish ma'lum darajada
bakteriyani fiziologiya holatiga ham bog`liq bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |