Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/115
tarix13.04.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#55258
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
fayl 2050 20211104

Ishning borish tartibi: 

Go‗sht peptonli jelatin (GPJ) tayyorlash quyidagicha amalga oshiriladi:  



 

 

55 



 

1. GPJ  tayyorlash  uchun  1  l  peptonli  go‗sht  sho‗rvasiga  100-120  g 

maydalangan jelatin qo‗shiladi.  

2. Sho‗rvaga  qo‗shilgan  jelatinni  eritish  uchun  kolba  Kox  qaynatkichida 

yoki  avtoklavda  qizdiriladi.  Аvtoklavning  harorati  100

o

C  dan  ortib  ketmasligi 



uchun  uning  jo‗mragi  ochiq  bo‗lishi  kerak,  chunki  jelatin  yuqori  haroratda  o‗z 

xususiyatini yo‗qotadi.  

3. GPJ  aralashmasi  Kox  qaynatkichidan  yoki  avtoklavdan  olingandan 

keyin filtrlanadi. Buning uchun burmali filtr qo‗yilgan shisha voronka tunikadan 

yasalgan  ikki  qavatli  maxsus  voronkaga  joylashtiriladi  va  shu  voronka  ichiga 

qo‗yilgan  suv  isitib  turiladi.  Bu  filtrdan  o‗tadigan  go‗sht-pepton-jelatinnning 

qotib qolishiga yo‗l qo‗ymaydi.  

4. Filtrat probirkaga yoki kolbalarga taqsimlanadi. 

5. Probirka  va  kolbalarning  ogʼzi  paxtadan  yasalgan  tiqin  bilan  berkitilib, 

Kox qaynatkichi yoki avtoklavga joylanadi.  

6. GPJ  eritmasidagi  mikroorganizmlarning  nobud  qilish  uchun  100

o

C  da 



15-20 daqiqa sterillanadi.  

GPJ  asosan  sovuq  sharoitda  ishlatiladi,  chunki  harorat  24

o

C  gacha  isishi 



bilan  jelatin  suyulib  qoladi.  Shuning  uchun  mikrobiologiya  amaliyotida 

ko‗pincha agar-agardan tayyorlangan ozuqa muhitidan foydalaniladi. 

Go‗shtli pepton agari ozuqa muhiti (GPА)  tayyorlash quyidagicha amalga 

oshiriladi:  

1. GPА tayyorlash uchun kolbadagi 1 l peptonli go‗sht sho‗rvasiga 15-20 g 

maydalangan agar-agar aralashtiriladi. 

2.  Аralashmadagi  agara-agarni  eritish  uchun  kolba  avtoklavga  joylanib, 

120


o

C haroratda 20 daqiqa qizdiriladi.  

3. Аgar-agar  erigandan  so‗ng  bir  dona  tuxum  oqi  suvda  suyultirilib, 

avtoklav ichidagi eritmaga qo‗shiladi.  

4. Аvtoklavning qopqogʼi mahkam berkitilib, kolba ichidagi eritma 120

o



haroratda yana 15-20 daqiqa qizdiriladi.  

5. Eritma  ichidagi  oqsil  va  boshqa  moddlar  tuxum  oqi  ta‘sirida  cho‗kadi, 

tiniq eritma esa cho‗kma ustiga yigʼiladi.  

6. Shu  tarzda  tindirilgan  GPА  avtoklavdan  olinib,  issiq  voronka  orqali 

filtrlanadi va probirkalarga yoki kolbalarga taqsimlanadi.  

7. GPА  quyilgan  idishlarning  ogʼzi  paxta  tiqin  bilan  berkitilib,  yana 

avtoklavga joylanadi va 120

o

C haroratda yana 20-30 daqiqa sterillanadi. 



 


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin