10% li eritmasidan 10 ml qoʼshib, hovonchada eziladi (eritiladi) va 40-60 daqiqa
57
4. Nayning ikkinchi uchiga suv to‗ldirilgan probirka to‗nkarib kiygizilib,
suvli idishga botirib qo‗yiladi.
5. Oradan 20-30 daqiqa oʼtgach, bijgʼish jarayonida ajralib chiqayotgan
karbonat angidrid (CO
2
) probirkaga to‗planadi.
6. Keyin probirkaning ogʼzi barmoq bilan berkitilib, pastga qaratilgan
holda barmoq olinadi va darhol 10% li ishqor quyilgan stakanga botirib qo‗yiladi.
7. Probirkadagi CO
2
gazi ishqor bilan reaktsiyaga kirishadi va undagi gaz
o‗rnini ishqor oladi, yaʼni probirkani to‗ldiradi.
8. Аyni vaqtda kolbadan ajralib chiqayotgan gaz ikkinchi probirkaga yigʼib
olinadi va u yonishga yordam bermasligi aniqlanadi.
Аchitqi zamburugʼlarini mikroskopda ko‗rish uchun pivo achitqisidan
foydalanish mumkin. Аgar pivo achitqisi bo‗lmasa, quruq achitqi (xamirturush)
suvda eritiladi. Shu tartibda tayyorlangan eritmadan buyum oynasiga bir tomchi
tomizilib, usti qoplagich oyna bilan yopiladi.
Preparatda kurtaklanish yo‗li bilan ko‗payayotgan achitqi zamburug‘i
(Saccharomyces cerevisiae) borligi ko‗zga tashlanadi. U oval shaklda bo‗ladi.
Shu preparatning oʼzida boshqa shakldagi zamburugʼlarni ham koʼrish mumkin.
Zamburugʼlar tarkibida hayvon kraxmali – glikogen to‗planadi. Uni
aniqlash uchun preparatga yod eritmasidan tomiziladi. Yod taʼsirida glikogen
qizgʼish-qo‗ngʼir rangga kiradi.
Dostları ilə paylaş: