3. Labоratоriya sharоitida amal qilinadigan asеptika qоidalariga misоllar
ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan tanishtirish, ularning ishlash prinsiplari,
tarzda tutib turadi va mikroorganizmlar kulturasini inkubatsiya qilish uchun qulay
sharoit yaratadi. Bakteriologik termostat ikki qavat mis plastinkadan qilingan
devordan iborat bo‗lgan shkaf ko‗rinishida bo‗lib, bu qavatlar orasi distillangan
suv bilan to‗lgan bo‗ladi. Shkaf devorlarining barcha qismini o‗rab turgan suv
elektr elementlar yordamida avtomatik qo‗shilish va ajratilish natijasida qizdirilib
turiladi. Shkafning ichki burmali devoriga metall ugolniklar biriktirilgan bo‗lib, u
alyumindan yasalgan setkali tokchalarni tutub turish vazifasini bajaradi.
Termostatning tеploizolyatsiyasida asbest va mineral paxtadan fodalaniladi.
Termostatning yuqori qismida ikkita kichik tuynuk (ochiq) mavjud bo‗lib,
ularning biri termometr uchun bo‗lsa, ikkinсhisi esa ventilyatsiya uchun
12
termoregulyatorni kiritishga mo‗ljallangan.
Termostatning ishchi kamerasini sterillashda turli suyuq dizinfeksiyalovchi
moddalar (70%-li etanol, sterogenol va boshq.) yaxshi samara beradi. Bu
maqsadda turli kislotalar va ishqorlarni qo‗llash tavsiya etilmaydi, chunki bu
moddalar uning devori va tagida karroziyani keltirib chiqarishi mumkin. Suvli
qobiq ichini vodoprovod suvi bilan to‗ldirishga ruxsat etilmaydi.
Bir xil haroratda juda ko‗p miqdordagi mikroorganizm kulturalari
inkubatsiyalanuvchi (o‗quv muassasalarining ishlab chiqaruvchi, tadqiqot va
kuzatuv) laboratoriyalari maqsadga muvofiq teploizolyatsiyalangan va maxsus
isitiluvchi termostat xonalari bilan jihozlanishi zarur. Mikroorganizmlar
kulturalarini devorga yaqin tokchalarga joylashtirish mumkin. Bunday xonalarni
dizinfektsiyalanishida aerozol dezinfektsiyalovchi vositalar yaxshi samara beradi.
Anaerostat - bu qalin davorga ega bo‗lgan metalldan yasalgan, og‘zi
germetik qopqoq bilan yopiluvchi, monometr va ikkita jumrakdan iborat idish
hisoblanadi. Ulardan biri havoni so‗rib olish uchun qo‗llanilsa, ikkinchisi esa inert
gazlar (argon, azot, vodorod, geliy) bilan to‗ldirishda ishlatiladi. Anaerostat uzoq
muddat vakuum sharoitini saqlaydi va u anaerob mikroorganizmlarni ko‗paytrish
va tozalashni osonlashtiradi, mikroorganimzlar odatda Petri chashkasi va
probirkalarda o‗stiriladi. Kulturalar joylashtirilgandan so‗ng anaerostat germetik
tarzda yopiladi va havosi so‗rib olinib, 15-20 mm ga tenglashtiriladi. Undan so‗ng
anaerostat ma‘lum gaz bilan to‗ldidriladi yoki to‗ldirilmagan holatda ma‘lum
haroratda ushlab turish maqsadida termostatga joylashtiriladi. Har kuni anaerostat
monometri nazorat qilib borilishi va zarur bo‗lgan taqdirda uning havosi so‗rib
olinishi kerak bo‗ladi.
Kislorod miqdorini nazorat qilish uchun anaerostat devorida joylashtirilgan
shishа trubkada ornatilgan maxsus indikatorlardan foydalaniladi.
Ayrim hollarda anaerostat o‗rnida vakum eksikatordan foydalanish
mumkin, ammo u manometr bilan jihozlanmagan, ammo vakumni bu hodisada
birgina kislorod indikatori yordamida nazorat qilish mumkin.
Germaniya va bir qator davlatlarda anaerob bakteriyalarni ko‗paytirish
uchun anaerob termostatlar ishlab chiqariladi, unda harorat 30-70°C hamda
naytral kislorodsiz atmosfera sharoiti yaratiladi.
Sovutgichlar. Odatda laboratoriyalarda maishiy xo‗jalik muzlatgichlari
ishlatiladi, ammo ilmiy tadqiqot ishlari uchun isitish va sovutish sistemasiga ega
bo‗lgan SR-114 Labor kabi maxsus qurilma zarur bo‗lib, bu zarur harorat rejimini
tez va aniq ushlab turish imkoniyatini beradi. Laboratoriya sovutgichlari haroratni
4-5°C oralig‗ida ushlab turadi va ular keng miqyosda qo‗llaniladi. Ularda tayyor
va sterillanmagan ozuqa muhitlarini (bir sutkadan ortiq bo‗lmagan muddatda),
tekshirish uchun yig‗ilgan tuproq, go‗ng va o‗simlik namunalari saqlanishi
mumkin. Yig‘ilgan bunday namunalarning mikrobiologik analizi tez muddatlarda
o‗tkazilishi zarur, chunki ularning mikroflorasi son va sifat jihatdan o‗zgarishi
mumkin.
Mikroorganizmlar kulturalarini alohida sovutgichda (5°C), namlik bilan
zararlanishini oldini olgan holda saqlanishi zarur. Uchuvchan moddalar va gazlar
13
solingan idishlar germetik holatda yopilgan bo‗lishi zarur. Oziq ovqat
mahsulotlarining mikrobiologik laboratoriyada saqlanishi mutlaqo ta‘qiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: