1-MAVZU: KIRISH. QORAQALPOG`ISTON TARIXI FANINING MAQSADI,
VAZIFALARI, UNI URGANISH PREDMETI VA MANBALARI
1. Qoraqalpog`iston tarixi fani va o’ni o’rganishning ahamiyati
2. Qoraqalpog`iston tarixi fanining dolzarb muammolari
3. Qoraqalpog`iston tarixin o’rganish manbalari
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent, 1998
2. O’zbekiston yangi tarixi. 1,2,3 kitob. Toshkent, 2000.
3. Qaraqalpaqstan jan`a tariyxi. No`kis, 2003.
4. Jo’raev N. Tarix falsafasi va siyosat//Xalq so’zi, 1998, 14 dekabr
5. Kamalov S., Koshanov B. Problemi istorii XX veka//Vestnik KKO AN
Ruz. 1996. № 2.
6. Saribaev K. Qaraqalpaqstan xaliqlari tariyxin u`yrenio’ ha`m oqitio’dag`i
geypara oylar//Erkin Qaraqalpaqstan, 1993, 24 aprel
7. Seytimbetov M. Tariyx - o`zligimizdi an`lao’din` negizi. No`kis, 1999
8. O`zbekstan ha`m Qaraqalpaqstan xaliqlari tariyxi boyinsha derekler.
No`kis, 1995.
Tarix fani turli xalqlar qanday yashaganligini, ularning hayotida qanday
voqealar bo’lganligi, odamlar hayoti va nima uchun o’zgarib hozirgiday bo’lib
qolganligini o’rgansa, Qoraqalpog`iston tarixi esa shu ona zaminimizda o’tmishda
yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanish jarayonida sodir bo’lgan
o’zgarishlar, voqealarni to’laligicha o’rganadigan fandir. Yurtboshimizning bu
haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. «Hozir, O’zbekiston deb ataluvchi
hudud, ya`ni bizning Vatanimiz, nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi
beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk
tuproqdan allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar
yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda
yaratilgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari shu
kungacha fayzini, mahobatini yo’qotmagan, osori atiqalarimiz qadim-qadimdan
yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati,
me`morchilik va
shaharsozlik san`ati yuksak bo’lganligidan dalolat beradi». 1997 yili
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi sessiyasida Prezident shunday
degan edi: «Qoraqalpoq xalqi jahonga o’zining milliy madaniyati, o’zgacha
san`ati, klassik adabiyoti, ruxiy baholiliklari, dasturi va urf-odatlari bilan
ma`lumdur».
Bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog`liq bo’lmagan
holda mavjud bo’lgan borliq voqealik Qoraqalpog`iston tarixi fanining o’rganish
ob`ektidir. Qoraqalpog`iston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir
necha asrlar davomida to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarlas
bog`langan bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma`noda u o’zining o’rganish
ob`ekti va predmetiga ega bo’lgan mustaqil fandir.
Qoraqalpog`iston tarixi fanining dolzarb muammolari yechimini kutayotgan
va aniqliq kiritilish lozim bo’lgan masalalar talaygina. Hususan Vatanimiz
hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning
joylashuvi bu aholining qo’shni qabilalar va elatlar bilan turli munosabatlari
qadimgi aholining hozirgi qoraqalpoq xalqi paydo bo’lishiga ta`siri, qoraqalpoq
xalqi tarixining paydo bo’lishining xronologik doirasi shular jumlasidandir.
Undan tashqari, dastlabki qoraqalpoq davlatchiliging paydo bo’lishi va
rivojlanishi ham muhim masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholining
o’troqlashuvi va bu jarayon natijasida dastlabki aholi manzilgohlarining paydo
bo’lishi dastlabki manzilgohlar rivojlanib ilk shaharlarga aylanishi, dastlabki
shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma`muriy markazlar sifatida
rivojlanishi va nihoyat ushbu jarayonlarga asos bo’lgan omillar muhimdir.
Qoraqalpog`iston Respublikasi hududlaridagi dastlabki Kerder davlat
uyushmasining o’zaro va qo’shni davlatlar bilan turli aloqalari, ularning tarixiy-
geografik hududi va chegaralari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Hozirgi
kunda o’lkamiz hududlari va bu erdan chetda bitilgan o’rta asrlarga oid yozma
manbalarni o’rganish bo’yicha turli ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramay bu
yo’nalishda ham qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p.
Vatan tarixini o’rganishda manbalarning ahamiyati beqies bo’lib, bular
moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi, ya`ni yozuvsiz
zamonlarga oid davrini o’rganishda arxeologik, antropologik va etnografik
manbalar yordamga keldi. Bu manbalar topilmalardan iborat bo’lib, o’larga
qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor-qo’rg`onlar qoldiqlari,
turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, jangovor va mehnat qurollari, turli-
tuman ashyolar kiradi. Yozma manbalar esa, eng qadimgi bitiklar, yozuvlar va
kitoblardan iboratdir. Moddiy va yozma manbalar ma`lumotlarni solishtirib,
qiyoslab tarixni talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatan tarixini eritishda nazariy-metodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga
ega. Ilmiy, tarixiy metodlar tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi.
Birinchidan, Qoraqalpog`iston tarixining yaxlit kontseptsiyasini yaratish, buni
amalga oshirish uchun bir butun tarixiy jarayonni nisbatan mustaqil bo’lgan
bo’laklarga, ya`ni davrlarga bo’lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim. Eng asosiy
vazifalardan biri yangi yozilgan tarixni o’rganishni tashkil qilishdir. Haqiqatdan
ham mustaqillik yillarida to’plangan qancha tarixiy hujjatlarni ilmiy asosda
umumlashtirish vaqti keldi. Bu borada bir qancha ilmiy harakatlar ham bor. Ammo
o’larni yanada jadalroq, qat`iyroq amalga oshirish davr talabidir.
Ilmiylik bilan bir qatorda holislik turadi. Bunda har bir tarixiy voqea
hodisalarni tahlil qilayotganda, xolis, haqqoniy ravishda o’rganish yoki
tarixshunoslikning hoxish-irodasidan tashqarida, voqea hodisalar qanday sodir
bo’lgan bo’lsa, shundayligicha yoritish ko’zda tutiladi. Har bir tarix yozuvchi
sifatida o’zining mulohazalari va boshqa his-tuyg`ulari bilan atrofni o’rab turgan
muhit bilan uzviy ravishda bog`liq. Bu bog`liqlik unga o’z ta`sirini o’tkazadi.
Xolislik talab etadigan qoidalar shundan iboratki, ushbu yo’nalishda tarixiy-
madaniy taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o’rganish jarayonida bo’lib o’tgan
yoki ushbu taraqqiyot bilan bog`liq bo’lgan voqea-hodisalarni hech bir
o’zgarishlarsiz qanday bo’lib o’tgan bo’lsa o’sha holatda tahlil va talqin etish,
tekshirish va xulosalar chiqarib yaxlit holga keltirish o’ta muhimdir. Bu holatda
aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jaraenlarni o’zaro chambarlas
bog`liqligini assoslash lozim bo’ladi. Bu jarayonda hududlar o’rtasidagi rivojlanish
jarayonini o’zaro taqqoslash, qiyoslash faqat ijobiy natijalar berishi tabiiydir.
Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishning metodologik asoslaridan yana biri bu
voqea va hodisalarni dialektik tarzda o’rganishdir.
Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar
umumiy va o’zaro bog`lanishda, uzliksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi
deb ta`lim beradi.
Bu metod Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishda uni to’laligicha, voqea-
hodisalarni bir-biri bilan bog`liklikda, ayrim tarixiy voqealarni o’rganuvchi
fanlarni ham bir butinlikdi, uning bo’laklarini ajratib olmaslik va voqea-hodisalarni
doimo o’zgarishda, rivojlanishda o’rganishni taqozo qiladi. Biroq bir davr haqida
fikr-mulohaza yuritilayotgan bo’lsa, ana shu davrning o’ziga hos xususiyatini
anglab olib, uni ko’rsatishni talab qiladi. Dialektik metodga asoslanib, tarixiy
jarayonni umumiylik va alohidalik qoidalardan kelib chiqqan holda tushunish
lozim.
Unda tashqari dialektik metod Qoraqalpog`iston tarixini avolla o’rta Osiyo,
qolaversa, jahon xalqlari tarixi bilan bog`lik holda o’rganishni taqoza etadi. Chunki
mavjud bo’lgan har bir xalq, millat yoki elat faqat o’ziga xos xususiyatlari bilan
butun insoniyat taraqqiyotida umumiy bog`lanishdadir.
Haqiqatan ham, qoraqalpoq xalqining siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy
rivojlanishi jahon tarixiy taraqqiyotining ajralmas qismidur. Chunki eng qadimgi
davrlardan boshlab yaqin o’tmishga qadar o’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston,
Yettisuv, Eron, Afg`oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar o’rtasida yagona
iqtisodiy va madaniy makon mavjud edi.
Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishda tarixiylik metod ham alohida o’rin
egallaydi. Bu metod tarix jarayonida sodir bo’lgan voqea hodisalarni o’rganishda
ketma-ketlikni talab qiladi. Bir voqea-hodisa bilan boshqasini sabab-oqibatli
bog`lanishi ham ko’rsatiladi. Tarixiylik voqea-hodisalarni qay tarzda sodir
bo’lganligini, jamiyat rivojlanishda ayrim shaxslar va ularni roli to’g`risida to’g`ri ,
haqqoniy fikr yuritishga o’rgatadi.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishiga, hozirgi zamon va kelajagiga
yagona tarixiy jarayon sifatida o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon
kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab qiladi. Bo’lib
o’tgan tarixiy madaniy jarayonlarni, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan merosni
qanchalik chuqur va har tomonlama o’rgansak, anglab yetsak hamda keng targ`ib,
hozirgi zamonni shunchalik tushunib, kelajakni yorqin tassavur etamiz.
Ma`naviyatini tiklash, tug`ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam
sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak.
Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat`iy nazar, jamiyatning
har bir a`zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil
aqidalar ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka
tayyorlaydi. Komil insonni tarbiyalashda Vatan tarixini xolisona va haqqoniy
o’rganish naqadar muhim.
Har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda Qoraqalpog`iston
tarixining o’rni kattadir. Komil inson tushunchasiga yurtboshimiz yana shunday
ta`rif beradilar: “Komil inson deganda biz avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay
oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga iborat bo’ladigan bilimli, ma`rifatli
kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab
bo’lmaydi, u har bir narsani aql mantiq tarozisiga solib ko’radi, o’z fikiri,
xulosasini mantiq asosida ko’rgan kishi yetuk odam bo’ladi”.
Bugungi
kunda
xalqning,
ayniqsa,
yoshlarning
ma`naviy
ruhini
mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi ishlar davlatning oldida turgan muhim
vazifalardan biri bo’lib kirib qolmaydi. Unga har kuni va har soatda tinmay sabr-
bardosh bilan mehnat qilish orqali etishtirish mumkin. Bu xayrli ishda
Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishning o’rni beqiyosdur.
Dostları ilə paylaş: |