O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

 
SUV BALANSINI ANIQLASH 
 
Tana vaznining o‘rta hisobda 65% ni (45 – 75%gacha) suv 
tashkil etadi, odam kuniga o‘rta hisobda 2,5 litr suyuqlik iste’-
mol  qiladi,  shundan  taxminan  1,5  litrini  turli  suyuqliklar  (sut, 
sho‘rva, kisel, choy, kofe va hokazo) ko‘rinisida qabul qiladi va 
qariyb  1  litrini  40%  suvdan  tashkil  topgan  ovqatdan  oladi.  Jis-
moniy ish vaqtida va tashqi muhit harorati oshganda odamning 
suvga  bo‘lgan  ehtiyoji  bir  muncha  oshadi.  Ichilgan  suyuqlik 
miqdori  bilan  ajratilgan  suyuqlik  miqdori  o‘rtasidagi  nisbat  suv 
balansi deyiladi. 
Odatda  ichilgan  suyuqliklarning  70%  organizmdan  turli 
yo‘llar  bilan  qaytib  chiqadi.  Bu  ko‘rsatkichning  kamayishi 
organizmda shish paydo bo‘lganidan ko‘payishi esa organizmda 
degidratatsiya – suv yo‘qotish bo‘layotganidan darak beradi. 
Suv  balansini  aniqlash  uchun  tibbiy-ijtimoiy  xodim  sutka 
davomida  bemor  iste’mol  qilgan  barcha  suyuqliklarni  (ovqat, 
meva,  sabzavotlar,  suyuqliklar,  suyuq  dori  vositalari)  hisobga 
olib  boradi.  Shu  davr  ichida  ajratgan  axlati,  siydigi,  terlash 
xususiyatlarini  ham  aniqlaydi.  Olingan  nisbatga  asoslangan 
holda suv balansi haqida xulosalar chiqariladi.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin