O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

UO‘K: 364.01 (07) 
KBK 51.1 (5
О ‘)5 
 
Taqrizchilar: 
B.Yu. Ulliyev –  Respublika faxriylari pansionati bosh shifokori; 
N.M. Adilova – Respublika ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar  
                      kolleji o‘qituvchisi. 
 
 
 
 
ISN 978–9943–11
‒278‒0 
 
© 
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012; 
  © 
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016. 



  
SO‘Z BOSHI 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
«Ta’lim  to‘g‘risi-
da
»gi  Qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»ning          
3-bosqich 
«Rivojlantirish va takomillashtirish» bosqichida belgi-
langanidek,  mahoratli  mutaxassislarni  tayyorlash  hamda  barka-
mol  avlodni  voyaga  yetkazish  hozirgi  kun  ta’lim  muassasalari 
oldida  turgan  ustuvor  vazifa  hisoblanadi.  Uzluksiz  ta’lim  tizi-
mida muhim bo‘g‘in bo‘lgan O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari 
uchun yangi avlod adabiyotlarini yaratish shu maqsadga erishish 
yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. 
Shu  kungacha 
«Ijtimoiy  ish»  yo‘nalishida  ta’lim  olayotgan 
o‘quvchilar 
«Bemorlarni parvarishlash asoslari» fanidan tibbiyot 
kollejlari uchun mo‘ljallab chiqarilgan adabiyotlardan foydalanib 
kelishar  edi.  Bu  yo‘nalish  bitiruvchilarining  kasbiy  faoliyatlari 
tibbiyot  hamshiralari  faoliyatidan  tubdan  farq  qilishini  hisobga 
olgan holda ushbu darslikka ehtiyoj tug‘ildi.  
Darslikda tibbiy-ijtimoiy xodim bilishi kerak bo‘lgan nazariy 
bilimlar  va  bajara  olishi  lozim  bo‘lgan  amaliy  ko‘nikmalar 
tarmoq standarti talablariga asosan o‘z aksini topgan. Darslikda 
ijtimoiy  xodimning  asosiy  vazifalaridan  biri  sog‘lom  turmush 
tarzini  targ‘ib  qilish  ekanligi  hisobga  olinib,  bu  bo‘limda  katta 
yoshdagi aholini o‘qitish, kerakli yordamchi materiallar tayyor-
lash va ulardan foydalanish keng yoritilgan. 
Uy  sharoitda  bemorlarni  va  terminal  holatdagi  bemorlarni 
parvarishlash  mavzularini  berilishi  tibbiy-ijtimoiy  xodimlar 
faoliyatida yaqindan yordam beradi. 
Darslikda 
«Hamshirlik  ishini  takomillashtirish»  va  «Salo-
matlik - 2
» loyihalari materiallaridan keng foydalanilgan. 
Hozirgi  kunda  yetuk  ijtimoiy  xodim  bo‘lishlari  uchun 
o‘quvchilar  yangicha  fikrlashni,  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj 
kishilar, bemorlar bilan ishlaganda ularga shaxs sifatida hurmat 



qilgan  holda  qarashni  o‘rganib  borishlari  zarur.  Bu  borada 
ularga  darslikda  yoritilgan  shaxslararo  muloqot  ko‘nikmalari, 
tibbiy-ijtimoiy xodim odobi, axloqi va uning ma’naviy, huquqiy 
mas’uliyatlarini  bilish  yaqindan  yordam  beradi.  Mazkur  darslik 
ijtimoiy  yo‘nalish  bo‘yicha  malakali  o‘rta  xodimlarni  tayyor-
lashda juda katta zamin yaratadi degan umiddamiz.  




Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin