O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


AHOLIGA TIBBIY - IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISHNI



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

AHOLIGA TIBBIY - IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISHNI 
TASHKIL ETISH 
 
Tibbiy - ijtimoiy xodimlar aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish-
da ishtirok etadilar. Aholiga tibbiy-ijtimoiy xizmat – kasalliklar-
ni  oldini  olish,  davolash,  tashxislash  kabi  tibbiy  va  bemorlarni 
parvarish  qilish,  ishlash  qobiliyatini  yo‘qotgan  va  nogironlarga 


11 
shoshilinch  yordam  ko‘rsatish  bilan  birga  ularga  nafaqa  to‘lash 
kabi  ijtimoiy  yordamni  o‘z  ichiga  oladi.  Birlamchi  tibbiy 
yordam olish asosiy tibbiy xizmat turlariga kiradi. U o‘z ichiga 
ko‘p  tarqalgan  kasalliklarni  davolash  va  muhim  kasallar  profi-
laktikasi, shikastlanish, zaharlanish va boshqa shoshilinch holat-
larda birinchi yordam ko‘rsatish, sanitariya - gigiyenik va epide-
miyaga  qarshi  tadbirlarni  o‘tkazish,  onalik  va  bolalikni  himoya 
qilish kabi tadbirlarni o‘tkazish va aholiga yashash joyiga qarab 
tibbiy - ijtimoiy yordam berishni oladi. Tibbiy - ijtimoiy yordam – 
bu salomatlikni tiklash, saqlash, mustahkamlash va tutib turish-
ga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. 
Bu  sog‘liqni  saqlash  va  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  xiz-
matlari tutashgan qismlaridan shakllanib, tibbiy xodimlar faoliyati 
bilan  o‘zaro  bog‘langandir.  Tibbiy  -  ijtimoiy  yordamni  kerakli 
tibbiy  bilimlari  bor  ijtimoiy  xodim  amalga  oshiradi.  Tibbiy  - 
ijtimoiy  yordam  ijtimoiy  xodim  vazifasining  katta  qismini  tashkil 
etadi.  Uning  asosiy  maqsadi  –  jismoniy  va  ruhiy  nuqsoni  bor 
shaxslar  va  aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qismining 
salomatligini  saqlashdir.  Tibbiy  -  ijtimoiy  yordamning  parvarish 
obyektlari nogironlar, yoshi o‘tgan va qari kishilar, yetim bolalar, 
yosh onalar, ko‘p bolali oilalar, qochoqlar, ishsizlar kabi tibbiy va 
ijtimoiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha alohida guruhlar hisoblanadi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin