S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
AHOLIGA TIBBIY - IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATISH XIZMATINING TARKIBIY QISMLARI Aholiga tibbiy - ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatining tar-
kibiy qismlari bo‘lib: ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar, atrof-
muhit, salomatlik va tibbiy-ijtimoiy xodim xizmat qiladi. Ya’ni
jamoada ishlaydigan tibbiy-ijtimoiy xodim obyekt (nogironlar,
yetimlar, yolg‘iz onalar, ko‘p bolali oilalar, qariyalar) bilan
aloqani saqlab, ijtimoiy himoyani ta’minlash, muhit sharoit-
larini moslashtirish hamda obyektlarning sog‘lom turmush
tarzini va yaxshilanishini tekshirish. Buning uchun obyektlar-
ning ehtiyojlarini to‘g‘ri tushunib yetish va ushbu ehtiyojlarga
muvofiq ravishda rejani tuzish, amalga oshirish va baholash
bo‘yicha qobiliyatlarni va ko‘nikmalarni ishlab chiqishdir.