Aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatining asosiy
maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga tibbiy
va ijtimoiy yordam berish, ularning o‘z kuchlari bilan sog‘lig‘ini
saqlashi va yaxshilashi uchun kurashishiga erishishdir. Buning
uchun tibbiy-ijtimoiy xodim sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat
tarkibi a’zosi sifatida sog‘liq g‘oyasiga asoslanib, jamoadagi
ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar (nogironlar, yetimlar, yolg‘iz
onalar, ko‘p bolali oilalar va boshqalar) salomatligini saqlanishi-
ni amalga oshiradi va zarur bo‘lgan sharoitlarni tartibga soladi.
«Bemorlar bilan ishlash asoslari» fani – yuqorida aytilgan
9
taraflarga ega bo‘lishning asosiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi
fandir va u tibbiy - tibbiyot, etika, ijtimoiy sog‘liqni saqlash va
sotsiologiya kabi fanlarning nazariy va amaliy bilimlari bilan
bog‘lab o‘rganiladi.