119
Davolash profilaktika muassasalarida zaharli va kuchli ta’sir
etuvchi dori moddalar alohida sharoitda saqlanadi. Ularni
saqlash uchun katta bo‘lmagan seyflar bo‘lib, ularning ichki
devorida saqlanishi lozim bo‘lgan dorilar ro‘yxati osib qo‘yiladi.
A shkafda zaharli moddalar (narkotiklar, strixnin, mishyak), B
shkafda esa kuchli ta’sir qiladigan (kodein, adrenalin) va
uxlatadigan moddalar turadi. Zaharli va kuchli ta’sir etadigan
dorilar sarfini hisoblash uchun 2 ta daftar bo‘ladi. Bu daftarlar
nomerlangan, ip o‘tkazilgan va shu davolash muassasasining
muhri bilan muhrlangan bo‘lishi kerak. Zaharli va kuchli do-
rilar, shuningdek, ularni hisoblash daftari, ularning saqlanishiga
kafil bo‘la oladigan sharoitlarda saqlanishi kerak.
Zaharli va kuchli ta’sir etadigan dorilarni noto‘g‘ri saq-
langan va talon-toroj qilgan tibbiy xodimlar jinoiy javobgarlikka
tortiladi.
Dostları ilə paylaş: