Ma’lumotni tahlil qilish
Ma’lumotlarni tahlil qilish degani, bu ma’lumotlarni ko‘rib
chiqish, baholash, muammolarni aniqlashtirish va zarur yor-
damni aniqlashdir.
17
Uyga tashrif davomida parvarish muammolarini aniqlash
Tibbiy-ijtimoiy xodimlarning asosiy vazifasi ijtimoiy himo-
yaga muhtoj kishilar (yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan oila-
lar, ijtimoiy - maishiy parvarishga muhtojlar va boshqalar) ga
yordam ko‘rsatish. Buning uchun avval bemorlarning kundalik
hayotdagi faolligi asosida ularning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata
olish imkoniyati aniqlanadi. Baholash varaqasiga kundalik hayot
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlanish, yechinish va kiyi-
nish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va ovqatlanish faoliyatlari
bo‘yicha birlamchi o‘z-o‘ziga xizmat darajasi qayd etiladi. Bu
faoliyatlarning buzilishi turli darajada bo‘lishi mumkin.
Bemorning harakatlanishiga baho berishda uning mustaqil,
birovning yordamisiz jamoat transportidan foydalana olishi,
uyida bemalol harakatlana olishi, o‘rnidan tura olishi, o‘rnida
o‘girila olishi, kerakli mahsulotlarni xarid qila olishi, zinadan
tushishi va chiqishi kabi faoliyatlari baholanadi.
Kiyinish faoliyatini baholaganda ichki, ustki, bosh
kiyimlarini va poyafzalini mustaqil kiyishiga ahamiyat beriladi.
Vannada, dush ostida mustaqil cho‘milishi (butun tanasini
va sochlarini yuvishi, sovun va mochalkadan foydalana olishi),
tishlarini mustaqil tozalashi, soqolini olishi, hojatga mustaqil
bora olishi kabi faoliyatlar shaxsiy gigiyena talablarini bajara
olishini baholaganda aniqlanadi.
Ovqatlanishini baholaganda ovqat tayyorlay olishi, tayyor
ovqatni isita olishi e’tiborga olinadi.
Har bir faoliyat 0 dan 1 ballgacha baholanadi:
• 0 ball mustaqil barcha harakatlarni bajara oladi, hamma
faoliyatni yurita oladi.
• 0,5 ball yordamchi va texnik vositalar (hassa, invalid
kreslosi, yurish uchun moslama) yordamida bajara oladi.
• 1,0 ball faoliyat butunlay buzilgan.
Shundan so‘ng kundalik hayotdagi boshqa faoliyatlari baho-
lanadi: oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishi va uyga keltirishi,
uyining tozaligini ta’minlanishi, kirlarini yuvishi kabi faoliyatlar.
Bemorning ruhiy holatini, kundalik hayot talablarini
bajarishda undagi sabr-bardosh darajasini aniqlash ham muhim
ahamiyatga ega. Kishilarning ruhiy holati odatda o‘z - o‘ziga
18
xizmat ko‘rsatishdagi jismoniy holati darajasiga bevosita bog‘liq
bo‘ladi.
Ma’lumotlarni tahlil qilgan va umumlashtirgan holda
parvarish muammosi aniqlanadi. Muammolarni hal qilish va
tibbiy ijtimoiy xodim parvarishini tuzish bo‘yicha muammoning
ustunlikning muhimligini aniqlash muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |