O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Harakatlanish bilan bog‘liq muammolar



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Harakatlanish bilan bog‘liq muammolar. Insonning harakat-
lanish  faoliyati  buzilsa,  noverbal  muloqot  qilish  imkoniyati 
yo‘qoladi. Yuz mushaklarining falaji ikki barobar noverbal mu-
loqotni  qiyinlashtiradi.  Bemor  bilan  noverbal  muloqotga  ki-
rishish qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. 
 


66 
SAMARALI MULOQOTNING QOIDALARI 
 
Tibbiy-ijtimoiy  xodim  samarali  muloqot  o‘rnatish  uchun 
quyidagi qoidalarga rioya qilishi tavsiya etiladi: 
1. Muloqotgacha bemor haqida kerakli ma’lumotlarni to‘p-
lang.  Kerakli  ma’lumotlarni  ishochli  manbalardan  qanchalik 
ko‘p  to‘plasangiz  ortiqcha  savollar  bilan  bemorni  kamroq 
bezovta qilasiz. 
2. Muloqot uchun qulay sharoit yarating. Iloji bo‘lsa alohida 
xona,  juda  bo‘lmaganda  tinch  joy  tanlang.  Xonaning  yorug‘-
ligiga e’tibor bering. Judayam yorug‘ yoki qorong‘iroq joy sizni 
va  bemoringizni  tez  charchashiga  sabab  bo‘lishi  mumkin. 
Bemor  bilan  sizning  o‘rtangizda  stol,  qovushtirilgan  qo‘l  kabi 
ramziy  to‘siqlar  bo‘lmasligiga  harakat  qiling.  Ortiqcha  odam-
larning suhbatingizga xalaqit berishlariga yo‘l qo‘ymang. Bemor 
suhbatga  tayyor  bo‘lmasa  yoki  xohlamasa,  muloqotni  boshqa 
kunga  qoldiring.  Agar  bemorni  og‘riq  bezovta  qilsa,  shifokor 
tayinlagan  og‘riq  qoldiruvchi  dori  moddasini  bering.  Shoshil-
mang, yaxshi natija berishi uchun suhbat 1 soatgacha cho‘zilishi 
mumkin.  Agar  vaqtingiz  kam  bo‘lsa,  muloqotni  bir  necha 
qismlarga bo‘lib o‘tkazing. Sababini bemorga tushuntiring. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin