Zamonaviy psixoanalizning asosiy yo’nalishlari egopsixologiya (X.
Gartmann, A. Freyd, E. Erikson).
Amerikalik psixolog E.Erikson (1902—1994) ego-psixologiya yo‘nalishining
vakili sifatida mashhurdir. Erikson nazariyasi Anna Freyd nazariyasi kabi
psixologik tahlil amaliyotidan keyin yuzaga keldi. E.Eriksonning o‘zi tan
olganiday, Yevropadan emigratsiya qilingach yashagan urushdan keyingi
Amerikada kichik bolalardagi xavotirlilik, hindlardagi umidsizlik, urush
veteranlaridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi shafqatsizlik kabi
ko‘rinishlarni tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu barcha
ko‘rinishlarga psixoanalitik yondashuv nizo mavjudligini ko‘rsatdi, Z.Freydning
ishlari esa nevrotik nizolarni birmuncha o‘rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi.
Biroq E.Erikson sanab o‘tilgan ommaviy ko‘rinishlarni nevrozning faqat analogi
deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko‘ra, insoniy «Men»ning asoslari jamiyatning
ijtimoiy uyushtirilishida ildiz otadi. E.Erikson «Men» va jamiyat munosabatlari
haqidagi psixoanalitik konsepsiyani yaratdi. Shu bilan birgalikda, uning konsep103
siyasi — bu bolalik konsepsiyasidir. Uzoq muddatli bolalikka ega bo‘lish aynan
insonga xos. Bundan tashqari, jamiyatning rivojlanishi bolalikning uzayishiga olib
keladi. «Uzoq davom etuvchi bolalik insonni texnik va intellektual mazmunda o‘z
ishiga mohir odam qilib qo‘yadi, biroq u insonda butun umr hissiy yetilmaganlik
izini qoldiradi», — deb yozadi E.Erikson.
E.Erikson shaxs tuzilmasini xuddi Z.Freyd kabi talqin qiladi. Agar kundalik
hayotimizning qaysidir lahzasida, deb yozadi u, biz to‘xtab, o‘zimizdan, ayni
daqiqada nimalarni orzu qilganimizni so‘rasak, unda bizni qator kutilmagan
kashfiyotlar kutadi: biz taajjub bilan fahmlaymizki, bizning fikrlarimiz va
tuyg‘ularimiz nisbiy muvozanat holatidan goh u, goh bu tomonga o‘zgarib,
ikkilanishni sodir etadi. Bu holatdan bir tomonga og‘sak, bizning fikrlarimiz biz
istagan narsaga nisbatan qator fantastik g‘oyalarni tug‘diradi; boshqa tomonga
og‘gancha biz to‘satdan burch va majburiyatlar to‘g‘risidagi fikrlar hukmi ostida
qolamiz, biz endi nimalarni istashimiz haqida emas, balki nimalar qilishimiz
kerakligini o‘ylaymiz; uchinchi holat, bu chegaralar o‘rtasida go‘yoki «jonsiz
nuqta», eslash qiyinroq. Bu yerda qayerdaki biz 104 o‘zimizni kamroq anglagan
joyimiz, E.Erikson fikriga ko‘ra, biz hammasidan ko‘ra ko‘proq o‘zligimizni
anglaymiz, o‘zimiz bo‘lamiz. Shunday qilib, qachonki biz istasak — bu «U»,
qachonki biz majburmiz — bu «Boshqa Men», «jonsiz nuqta» esa — bu «Men».
Bu ikki instansiyalar chegaralari o‘rtasida doimiy ravishda muvozanatlashgancha
«Men» odamga jadal istaklar va «vijdon kuchi bilan bostirilganlar» o‘rtasida
murosaga kelish imkonini beradigan himoya mexanizmlaridan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |