3-mavzu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari 2-ma’ruza Reja


Erikson  ishlarida  tadqiqot  metodl



Yüklə 326,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix20.04.2022
ölçüsü326,55 Kb.
#55805
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3-mavzu Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari (2)

Erikson  ishlarida  tadqiqot  metodl.  Qator  nashrlarda  ta’kidlangani  kabi 

E.Eriksonning  ishlari  psixikani  tadqiq  etishning  yangi  yo‘li  —  o‘zida  tarixga 

psixologik  tahlilni  qo‘llashni  aks  ettiruvchi  psixologik-tarixiy  usuldan  darak 

beradi.  E.Erikson  bu  usul  yordamida  Martin  Lyuter,  Maxatma  Gandi,  Bernard 

Shou,  Tomas  Djefferson  va  boshqa  buyuk  odamlarning  tarjimayi  holini, 

shuningdek,  zamondoshlari  —  kattalar  va  bolalarning  hayotiy  tarixini  tahlil  qildi. 

Psixologik-tarixiy  usul  shaxs  psixologiyasiga  bolganiday  inson  yashaydigan 

jamiyat  xarakteriga  ham  barobar  e’tiborni  talab  qiladi.  E.Eriksonning  asosiy 

vazifasi  aniq  madaniy  muhitni  inobatga  olgan  holda  shaxs  rivojlanishining 

psixologik-tarixiy  nazariyasini  ishlab  chiqishdan  iborat  bo‘ldi.  E.Erikson  klinik 

xarakterdagi tadqiqotlardan tashqari ikkita hind qabilasida bolalar tarbiyasini dala 

etnografik tadqiqotini o'tkazdi va ularni AQSHning shaharda yashovchi oilalardagi 

bola tarbiyasi  bilan  solishtirdi.  Eslatib  o‘tilganidek, u har bir  madaniyatda har bir 

ona  yagona  to£g‘ri  deb  idrok etadigan onalikning  o‘ziga xos uslubi  mavjudligini 

aniqladi.  Biroq  E.Erikson  ta’kidlaganidek,  onalik  uslubi  bola  mansub  bo‘lgan 

ijtimoiy  guruh  -  uning  qabilasi,  sinf  yoki  tabaqasi  kelajakda  undan  aynan  nimani 

kutishi bilan belgilanadi. E.Erikson fikriga ko‘ra, rivojlanishning har bir bosqichi 

o‘zining,  ushbu  jamiyatga  xos  boelgan,  shaxs  oqlashi  yoki  oqlamasligi  mumkin 

bo£lgan  va  shunda  u  yoxud  jamiyatga  qo£shiladi,  yoxud  jamiyat  to105  monidan 

inkor  etiladigan  kutilmalarga  javob  beradi.  E.Eriksonning  bu  mulohazalari  uning 

konsepsiyasini  ikkita  birmuncha  muhim  tushunchalari  asosiga  joylashdi  — 

«guruhli o‘xshashlik» va «egoo‘xshashlik». Guruhli o‘xshashlik bolani hayotining 

birinchi yilidayoq tarbiyalash uni mazkur ijtimoiy guruhga kiritish, ushbu guruhga 

xos  bolgan  dunyoqarashni  ishlab  chiqishga  yo‘naltirilishi  sharofati  bilan 

shakllanadi.  Egoo‘xshashlik  guruhli  o‘xshashlik  bilan  parallel  tarzda  shakllanadi 

va  subyektda  inson  o‘sishi  va  rivojlanishi  jarayonida  sodir  boladigan 

o‘zgarishlarga  qaramay  barqarorlik  va  o‘z  «Meni»ning  uzluksizligi  tuyg‘usini 

bunyod  etadi.  Egoo‘xshashlikning  yoki  boshqacha  aytganda,  shaxs  bir 

butunligining shakllanishi insonning butun hayoti davomida davom etadi va qator 

bosqichlarni olaydi, shu bilan birgalikda, Z.Freyd bosqichlari E.Erikson tomonidan 

inkor  etilmaydi,  balki  murakkablashtiriladi  va  go‘yoki  yangi  tarixiy  vaqt  nuqtayi 

nazaridan qaytadan anglaniladi. Freyddan farqli ravishda egopsixologiyada asosiy 

e’tibor  hayotiy  muammolarni  hal  qilishni  anglash  bilan  bogliq  bolgan  normal 

soglom  shaxsning  rivojlanishiga  qaratiladi.  Eriksonning  shaxs  rivojlanishi 

nazariyasi  psixoijtimoiy  deb  ataladi,  chunki  uning  markazida  shaxsning  ijtimoiy 

muhit  bilan o‘zaro  ta’sirda rivojlanishi  yotadi.  Erikson  an’anaviy  psixoanalitiklar 

foydalangan  muammoli  bolalar  bilan  ishlashda  aniq  vaziyatni  mazmunli  tahlil 

qilish metodidan tashqari soglom bolalarni longityud tadqiq etgan. U shuningdek, 

etnografik  (krosmadaniyat)  metodidan  ham  foydalangan:  amerikalik  indeyslar 

qabilalarida tarbiyalangan bolalar bilan zamonaviy texnologik Amerika jamiyatida 




tarbiya  xususiyatlarini  olgangan.  Bu  unga  shaxsning  shakllanishida  turli 

madaniyatlarning  ta’sirini  olganish  imkonini  bergan.  Shuningdek,  u  demokratik 

jamiyatda  shaxs  o‘z  potensial  imkoniyatlarini  toliq  namoyon  etadigan  sharoit  va 

ijtimoiy  rollar  qat’iy  nazoratga  olingan  sharoitlarda  individning  identiklik 

yutuqlarini  tahlil  qilgan.  Eriksonning  Martin  Lyuter  yoki  Maxatma  Gandi  kabi 

mashhur  shaxslar  hayotini  olganishga  baglshlagan  tadqiqotlari  ham  qiziqish 

uyg‘otadi.  Bunda  Erikson  inson  hayotining  asosiy  mavzularini  tarixiy  voqea  va 

hodisalar  bilan  bog‘lashga  harakat  qilgan  hamda  psixotarixiy  metoddan 

foydalangan.  


Yüklə 326,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin