C++ tilida ma’lumotlarning elementlari
C++ tilida soʼz deb bir nechta belgilar ketma-ketligi tushuniladi.
Xizmatchi soʼz deb C++ tilidagi standart nom tushuniladi. Bu maxsus
maʼnoni anglatadi va uni maʼlumotlarga berib boʼlmaydi.
Masalan: int, float, for, while va boshqalar.
C++ tilida maʼlumotlarning elementlari boʼlib quyidagilar xizmat
qiladi:
O’zgaruvchilar
O’zgarmaslar
Izohlar
C++ dasturlash tilida o’zgaruvchilar
Oʼzgaruvchi - xotiraning nomlangan qismi boʼlib, oʼzida maʼlum bir
toifadagi qiymatlarni saqlaydi. Oʼzgaruvchining nomi va qiymatlari
boʼladi. Oʼzgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira
qismiga
murojaat
qilinadi.
Programma
ishlashi
jarayonida
oʼzgaruvchining
qiymatini
oʼzgartirish
mumkin.
Har
qanday
oʼzgaruvchini ishlatishdan oldin, uni eʼlon qilish lozim.
Demak butun sonlardan foydalanish uchun int, haqiqiy sonlardan
foydalanish uchun float, yozuvlarni eʼlon qilish uchun string va boshqa
maʼlumotlarning turlariga qarab oʼzgaruvchisilar kiritiladi.
Masalan:
Int a;
Float b;
String c;
Double f;
…