2. Kompyuterning rivojlanish tarixi
Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash
mumkin:
Nolinchi avlod - mexanik kompyuterlar (1642-1945 yillar) - Paskal (1642 yil),
Leybnits
(1672 yil)
va Bebbidjlar
(1722 yil)
tomonidan ishlab chiqilgan
kompyuterlar.
Birinchi avlod - elektron lampalar asosida qurilgan kompyuterlar (1945-1955
yillar) - Fon Neyman tamoili asosida qurilgan kompyuterlar. Birinchi kompyuterni
yaratishda M.V.Keldsh, S.A.Lebedev, M.A.Lovrentev kabi buyuk olimlarning xissasi
kattadir. Bu avlodlarga quyildagi kompyuterlar kiradi: Strela, BESM-1, M-2, M-3,
M-20, Minsk-1,12,14, BESM-2, Ural-1.
Birinchi avlod kompyuterlardan foydalanish ochiq holatda bo’lib, unga ko'ra
har bir dasturchi kompyuterni o’zi boshqarar edi. Shuning uchun ham kompyuterni
foydali ish vaqti foydalanuvchining malakasiga bog’liq edi. Bu davr standart
dasturlar yaratish, dasturlar kutubxonasini tashqi xotirada saqlash va undan
foydalanish bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: |