mujassam etgan dastlabki kompyuterlardan biri, bu 1952 yili Djon Fon Neyman
10
tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi avlod kompyuterlariga mansub bo‘lgan - IAS
(Immediate Address Storage) «to‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslanuvchi xotira» degan nomga
ega kompyuter edi. Ushbu kompyuterning arxitekturasini 1.1-rasmda keltirilgan
chizma asosida tushuntirish mumkin.
1.1-rasm. Fon Neyman kompyuterining tuzilish chizmasi.
Fon Neyman kompyuteri beshta asosiy qismlardan iborat edi: xotira, arifmetik-
mantiqiy qurilma, boshqarish qurilmasi va ma’lumotlami kiritish-chiqarish
qurilmalari. Ushbu kompyuterning xotirasi, har biri 40 bit uzunlikdagi 4096-ta
so‘zlardan iborat edi. Bu 4096 x 5 bayt (40 bit = 5 x 8 bit) = 20480 bayt = 20 Kbayt
hajmga ega tezkor xotira demakdir. 40 bitli har bir so‘z 20 bitli ikkita buyruqdan yoki
40 bit uzunlikdagi ishorali butun sondan iborat bo‘lishi mumkin edi. 20 bit
uzunlikdagi har bir buyruqning 8 biti buyruqning xilini - ya’ni qo‘shish (ADD),
ayrish (SUB), ko‘paytirish (MUL), ko‘chirib yozish (MOV) kabi buyruqlardan birini
ko‘rsatsa, buyruqning qolgan 12 biti esa xotiradagi 4096 so‘zdan birini adreslash
uchun xizmat qilar edi.
Dostları ilə paylaş: