barcha ilmiy ishlar kabi, kurs ishi uchun ham majburiy talabdir. Talaba
mavzuni tanlagan ekan, uning ilmiy salohiyati va nazariy jihatdan tayyorgarligi,
albatta, bu mavzuning mazmunini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi
hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi uchun etarli bo‘lishi kerak. Mavzuning
asarlaridan, ma’ruzalaridan, shuningdek, xorijiy va milliy iqtisodchi-olimlar
9
asarlaridan mavzuga taalluqli bo‘lgan fikrlarni keltirish ayniqsa muhim.
Ishning kirish qismida kurs ishi mavzusining maqsadi o‘zining aniq
ifodasini topishi, ushbu maqsadga erishish yo‘lida qo‘yilgan vazifalar aniq
ko‘rsatilishi kerak, chunki, kurs ishini baholashda qo‘yilgan maqsadga
erishilganlik va belgilangan vazifalarning bajarilganlik darajasiga baho beriladi.
Kurs ishining kirish qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Birinchi
savol
odatda
o‘rganilayotgan soha yoki iqtisodiy
kategoriyaning nazariy jihatlarini ochib berishga bag‘ishlanadi. Unda u yoki bu
iqtisodiy kategoriyaning iqtisodiy mazmuni, uning iqtisodiyotda va ijtimoiy
hayotda tutgan o‘rni, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiyotidagi
ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Biron bir iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini
ochib berish - bu mazkur kategoriyaning mohiyati va zarurligi nimada,
zamonaviy
bozor
iqtisodiyotida
u
qanday
o‘rin egallaydi, uning
rivojlanishining ob’ektiv omillari nimalardan iborat, qanday iqtisodiy-
ijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi, ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? -
degan savollarga javob berishdir. U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini aniq raqamli ma’lumotlar asosida ochib
berish mumkin.
Ma’lumotlar dunyo bo‘yicha, mamlakat bo‘yicha yoki mavzu oldiga
qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, hududlar (viloyat, shahar,
tuman) bo‘yicha keltirilishi va bir necha yil ko‘rsatkichlarini solishtirish
asosida tahlil natijalari aks ettirilishi kerak.
Ikkinchi savol odatda amaliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Unda u
yoki bu iqtisodiy kategoriyaning amal qilish mexanizmi, uning dastak va
vositalaridan amaliyotda foydalanish holatlari aks ettiriladi.
Asosiy qism mazmunini yoritishda amaliyot ma’lumotlarini jadvallar,
diagrammalar, rasmlar shaklida ifodalash, ularni batafsil tahlil etish talab etiladi.
Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga, hukumat
idoralarining rasmiy Internet saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanish
tavsiya etiladi.
Kurs ishining so‘nggi savollari, odatda o‘rganilgan kategoriyaning amal
qilishini, u yoki bu iqtisodiy munosabatlarini zamonaviy bozor iqtisodiyoti
talablaridan, sohada olib borilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan
holda takomillashtirish, rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘ladi. Bunda
talaba, izlanishlar natijasida olgan bilimlari, kuzatishlari, tahlillari asosida o‘rga-
nilgan soha yohud ob’ektning faoliyatini yaxshilash, samarasini yanada
oshirish bo‘yicha o‘zining yoki shu sohada izlanishlar olib borgan iqtisodchi-olim-
lar va amaliyotchilarning taklif va mulohazalarini ilmiy tarzda bayon qilishi, ularni
har tomonlama asoslab berishi, xulosalarini bir tizimga solib keltirishi lozim.
Shuningdek, kurs ishi asosiy qismining tegishli reja savollarida
o‘rganilayotgan sohaga taalluqli bo‘lgan ilg‘or xorijiy tajribalarni bayon etish
va ularni mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha takliflar kiritish
kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi va uni yuqori
darajada baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishining xulosa qismida olib borilgan izlanishlar asosida shakllangan
xulosalar va taklif-mulohazalar tizimli ravishda keltiriladi. Ishning xulosa qismida
10
bayon etilgan fikrlar o‘rganilgan muammolarning yechimini yoritib berishi,
o‘rganilgan soha yoki iqtisodiy voqelikning mavjud holatini yaxshilash va
amaldagi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan va berilgan takliflarning
aniq, lo‘nda va qisqa mazmunini aks ettirishi, ishni yakunlangan ilmiy ish sifatida
tan olish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Kurs ishining so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Shuni
alohida ta’kidlash muhimki, muallif tomonidan keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati
uning kurs ishini yozishda oxirgi 3-5 yil ichida chop etilgan maxsus adabiyotlardan
(klassik ta’limotlar namoyandalarining asarlari bundan mustasno) foydalanish
tavsiyasiga rioya qilganligini ko‘rsatib turishi kerak.
Dostları ilə paylaş: