Kurs ishini rasmiylashtirish. Kurs ishini ilmiy rahbar tomonidan belgilab
berilgan grafik asosida talaba shaxsan bajaradi. Talaba tanlangan mavzu yuzasidan
qabul qilingan qarorning to‘g‘riligiga, uning topshiriqqa muvofiqligiga, kurs ishini
bajarishda ko‘chirmachilik holatining yo‘qligiga javob beradi.
Kurs ishi Davlat Ta’lim Standartlarida talab etilganidek, talaba tomonidan
tartibli rasmiylashtirilgan, xatosiz, aniq va tushunarli tilda, qisqartirishlarsiz
(umumqabul qilinganlardan tashqari) yozilgan bo‘lishi kerak. Kurs ishi matnida
“men” so‘zi o‘rniga “biz” so‘zini qo‘llash tavsiya etiladi. Masalan, “Men
tomonimdan olib borilgan izlanishlarimga tayanib, shuni xulosa qilamanki, ...”
degan jumlaning o‘rniga “Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib,
shuni xulosa qilishimiz mumkinki, ...” iboralarning ishlatilishi talab etiladi, ya’ni
kurs ishi matni ilmiy tilda, rasmiy tusda bo‘lishi kerak.
1
Magistratura to’g’risidagi nizom. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 29-
oktyabrdagi 418-son buyrug’i bilan tasdiqlangan. 5-ilova.
|