O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Kurs  ishini  yozishda  varaqning  chap  tarafidan  -  3  sm.,  pastdan  va



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/40
tarix23.04.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#56174
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Kurs  ishini  yozishda  varaqning  chap  tarafidan  -  3  sm.,  pastdan  va 

tepadan  -  2  sm.,  o‘ngdan  –  1,5  sm.  joy  qoldirish  tavsiya  qilinadi,  bunda  bir 

varaqda  28-30  qator  yozuv  bo‘lishi  zarur.  Bunday  cheklovlar  kurs  ishi 

hajmining  sun’iy  ravishda  orttirib  yuborilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida 

belgilanadi. Varaq tagiga tipografik sharoitda tayyorlangan yo‘l-yo‘l qog‘oz qo‘yib 

yoziladi,  varaqning  o‘ziga  matn  yozish  uchun  to‘g‘ri  chiziqlar  chizish  yoki 

printerda chiziqlar chizilgan varaqlarga yozish tavsiya etilmaydi. 

Kurs  ishining  barcha  betlari  rejadan  boshlab  oxirgi  betigacha  tartib  bilan 

raqamlanadi.  Birinchi  bet  titul  varag‘i  hisoblangani  uchun  unga  raqam 

qo‘yilmaydi. (5-ilova) 

1-betda  odatda  kurs  ishining  rejasi  aks  ettiriladi  va  bu  bet  ham 

raqamlanmaydi,  shuningdek,  uning  boshiga  kurs  ishi  mavzusini    yozib    qo‘yish 

shart emas, bu betda “Reja” degan so‘zdan keyingi qatorda rejaning qismlarini aks 

ettirish  kifoya.  Kirish  qismi  bayoni  3-betdan  boshlanadi  va  bu  betga  “3”  raqami 

qo‘yiladi  va  hokazo.  Tartib  raqami  varaqning  pastki  tomonining  o‘rtasiga 

qo‘yiladi. 

Kurs  ishi  bo‘lim  (savol)  larining  har  biri  yangi  varaqdan  boshlanadi  va 

bo‘limning  nomlanishi  rejada  qanday  bo‘lsa,  o‘zgartirishsiz  shundayligicha  varaq 

satrining  o‘rtasiga  yoziladi.  Sarlavhalarni  yozishda  so‘zlarni  bo‘g‘inlab  ko‘chirishga 

ruxsat berilmaydi, shuningdek, sarlavha oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Sarlavhaning tagiga 

chizib  yozishga  ruxsat  etilmaydi.  Har  bir  sarlavhadan  oldin  bo‘limning  tartib  raqami 

arab  raqami  bilan  belgilanadi  va  raqamdan  so‘ng  nuqta  qo‘yiladi.  Agarda  rejada 

belgilangan  savollar  kichik  savollarga  bo‘lingan  bo‘lsa,  u  holda  bu  savolchalar 

sarlavhasi  ko‘p  pog‘onali  raqamlash  qoidasiga  ko‘ra  “1.1.”,  “1.2.”  shaklida 

raqamlanadi. 

Kirish,  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxati  ham  yangi  varaqdan  boshlab 

yoziladi va raqamlanmaydi. Kurs ishining asosiy qismi bo‘limlari nomlari, shuningdek, 

“Kirish”,  “Xulosa”,  “Foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxati”  so‘zlari  bir  xilda  varaqning 

yuqori qismining o‘rtasiga, matn esa sarlavhadan keyin bir qator tashlab, keyingi qator 


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin